Date (Xokkaydo)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Date (yaponcha: 伊達市 Date-shi , [date]) — Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Iburi subprefekturasida joylashgan shahar. 1869-yilda Date klani tomonidan asos solingan. 1972-yil 1-aprelda unga shahar maqomi berildi.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Date 伊達市 | |
---|---|
Shahar | |
Shahar hokimyati binosi | |
42°28′0″N 140°52′0″E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hukumat | |
• Hokim | Keita Horii (2023-yil may oyidan beri) |
Asos solingan | 1869 |
Maydon | 444.28 km2 (171.54 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Yapon |
Aholisi (2017-yil 30-aprel) |
34,898 |
Zichligi | 79 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+09:00JST |
|
Date hududidan Jomon davriga oid turar-joy qoldiqlari topilgan. Xokkaydoning tub aholisi boʻlgan Aynular ham 20-asr boshlariga qadar Date yaqin atrofidagi boshqa manzilgohlarda istiqomat qilib, Yaponiya jamiyatiga assimilyatsiya qila boshlagan.
Hududning nomi Xonsyu orolidagi Fukusima shahrida 12-asrda hokimiyat tepasiga koʻtarilgan Date klanidan olingan. Edo davridan oldin ularning markaziy qal’asi Fukusimaning Date tumanidagi Yanagava qal’asi edi. Qal’a keyinchalik Senday nomi bilan ataladi. Date klani butun Miyagi prefekturasini hamda Ivate prefekturasining janubiy qismini boshqargan va eng nufuzli daimyolardan biri boʻlgan.
Meiji davrida koʻplab samuray klanlari, shu jumladan Date klani ham Meiji islohotining siyosiy oʻzgarishlari tufayli oʻz hududlarini boy beradi. Shu sababli, 1869-yilda Watari shahridan Date klanining boʻgʻinlaridan biri boʻlgan urugʻ oʻsha paytda hali rivojlana boshlamagan Xokkaydoning janubiy qirgʻoqlariga koʻchib boradi. Date shahriga shu tariqa asos solindi.
2006-yil 1-martda Usu tumanining Otaki qishlogʻi Date shahri bilan birlashtirildi.
Date shahri Usu togʻining (choʻqqi balandligi 702 metr) yonbagʻrida joylashgan. Shahardan Osaru daryosi oqib oʻtadi.
Shahar va qishloqlarning birlashishlari natijasida Date shahrini ikki qismga ajratish mumkin mumkin: Otaki oʻrmoni hududi va eski shahar hududi. Otaki oʻrmoni hududida Sankaydaki sharsharasi va Shirakinu daryosi oʻzani joylashgan. Eski shaharda esa samuraylar tomonidan qurilgan tarixiy binolar mavjud. Ulardan eng mashhuri Usu-Zenkou ibodatxonasidir.
Date shahrida 7 ta boshlangʻich, 4 ta oʻrta va 3 ta yuqori maktablar mavjud[1][2].
Shu jumladan:
Date shahrida 37-sonli va 453-sonli Yaponiya milliy avtomagistrallari tutashadi. Shaharga avtomagistraldan Date almashinuv yoʻli yoki JR Xokkaydo tomonidan boshqariladigan Date-Mombetsu stantsiyasi orqali kirish mumkin[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.