Daryl Hannah
From Wikipedia, the free encyclopedia
Daryl Hannah (1960-yil 3-dekabrda tavvalud topgan)[1] — amerikalik aktrisa. U oʻzining kinodagi debyutini Brian De Palmaning The Fury (1978) gʻayritabiiy dahshatli filmidagi rolidan boshlagan. U yillar davomida turli filmlarda, jumladan Ridley Scottning „ Blade Runner“ (1982) ilmiy-fantastik trilleridagi Pris Stratton rolida va Randal Kleiserning Summer Lovers (1982) romantik komediyasida Cathy Featherstone rolida, Ron Howard filmidagi suv parisi Madison, Splash (1984) fantastik-romantik komediyasi, Roxanne romantik komediyasida Roxanne Kowalski (1987), Oliver Stonening Wall-street dramasida Darien Taylor (1987) va Steel Magnolias komediya-dramasida Anelle Dupuy Desoto (1989) rollarida suratga tushgan. 2005-yilda Hannah Quentin Tarantinoning Kill Bill: Vol. 2. jang sanʼati filmidagi bir koʻzli qotil Elle Driver roli uchun Saturn mukofotini qoʻlga kiritdi. 2015-yilda u Netflix Sense 8 serialida Anjelica Turing rolida namoyon boʻldi.