Dante Aligyeri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dante Aligeri (italyancha: Dante Alighieri; may 1265, Florensiya — 13/14-sentyabr 1321, Ravenna) — italyan shoiri. Kech oʻrta asrlar madaniyatining sintezi berilgan „Ilohiy komediya“ asarining yaratuvchisi. Qadimiy dvoryan naslidan. Dastlabki „Yangi hayot“ (1292) asari sevgilisi Beatrichega bagʻishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 1290-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi „oqlar“ va „qoralar“ga ajralib chiqqach, Florensiyada hokimiyat „qoralar“ qoʻliga oʻtadi. Oʻsha paytda Rimda boʻlgan „oqlar“ vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, oʻzi oʻlimga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florensiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shugʻullanmaydi. Dante falsafiy ruxdagi „Bazm“ (1308), „Monarxiya haqida“ (1313), „Yer va suv haqida“ (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiy-axloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, „Monarxiya haqida“ asarida Dante butun jahon monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini taʼminlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi.
Dante Alighieri | |
---|---|
Tavalludi |
14-may 1265-yil |
Vafoti |
13-noyabr 1321-yil(1321-11-13) (56 yoshda) |
Kasbi | Davlat arbobi, shoir, til nazariyachisi |
Ijod qilgan tillari | Italyan tili va Lotin tili[1] |
Fuqaroligi | Italiya |
Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 10:34, 4-May 2024 (UTC) (52 kun avval) da tahrir qilingan. |