From Wikipedia, the free encyclopedia
Daniel Piter Masterson (1976-yilning 13-mart sanasida tugʻilgan)[1] – amerikalik aktyor. U ''That '70s Show''filmida Steven Haydni (1998–2006), "Men at Work" filmida Milo Fosterni (2012–2014) va ''Ranch" filmida Jeymson „Rooster“ Bennett (2016–2018) kabi rollarni ijro qilgan. 2023-yilning may oyida Masterson Saentologiya cherkovining sobiq aʼzolari boʻlgan ikki ayolni zoʻrlaganlikda ayblangan, hakamlar hay’ati tomonidan uchinchi zoʻrlash ayblovi boʻyicha hech qanday hukm tayinlanmagan. 2023-yilning 7-sentabr sanasida Masterson 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Masterson Nyu-Yorkdagi Long-Aylendda Carol va Piter Mastersonlar oilasida tugʻilgan. U Long-Aylenddagi Albertson, Garden Siti va Sharqiy Uilistonda kabi yerlarda oʻsgan.[2] Mastersonning Kristofer Masterson ismli akasi bor. Akasi ''Malcolm in the Middle'' filmida Fransis roʻlini jro etgan. Onasi bir ammo oʻgay boʻlgan uka-singlisi Jordan Masterson va Alanna Mastersonlar ham aktyor. Bundan tashqari, yana bir oʻgay ukasi Wil Masterson ham bor.[3]
Masterson toʻrt yoshdan boshlab, bolalar modeli boʻlib ishlagan. Besh yoshidan boshlab, jurnal maqolalarda, shuningdek, televizion reklamalarda koʻrina boshlagan. Sakkiz yoshida, musiqiy filmlarda asosiy rollarni oʻynab, aktyorlik faoliyatini ham sekin boshlagan. Mastersonning shirali ovozi oʻsmirlik yillarida „yoʻqolib ketgan“. 16 yoshida 100dan ortiq reklamalarda, jumladan, Kelloggʻs Frosted Flakes,[4] Hardeeʼs,[5] Hostess, Tang,[6] va Clearasil kabi roliklarida chiqa boshlagan.[7]
Masterson – saentolog.[8] U 2004-yilda aktrisa Bijou Phllips bilan uchrashishni boshlagan.[9] Va nihoyat, 2009-yilda unashtirilishgan[10], ammo 2011-yilning 18-oktyabr sanasida turmush qurishgan.[11] Ularning 2014-yilning fevral oyida tugʻilgan bir nafar qiz farzandi bor.[12]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.