DHL guruhi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turi | Kompaniya |
---|---|
Xizmatlari | Letter post, parcel service, EMS, delivery, freight forwarding, third-party logistics |
Tarmogʻi |
tashish yetkazib berish kuriyerlik |
Qachon asos solingan | 1995-yil 2-yanvar |
Joylashuvi | Post Tower, Bonn, Germany |
Hududiy xizmati | Worldwide |
Rahbariyat |
|
Brendlari |
|
Aylanma daromadi | €94.43 mlliard (2022)[1] |
Operatsion foydasi | €8.43 milliard (2022)[1] |
Boyligi | €63.59 milliard (2021)[1] |
Ishchilar soni | 600,278 (2022)[1] |
Vebsayti | dpdhl.com |
Deutsche Post AG, DHL Group , Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan ko'p tarmoqli yuklarni yetkazib berish va ta'minot zanjirini boshqarish kompaniyasidir. Bu kompaniya dunyodagi en yirik kuriyerlik kompaniyasi hisoblanadi[2]. Pochta bo'limi, Deutsche Post, Germaniyada har kuni o'rtacha 61 mln maktubni egalariga yetkazib berishga ulguradi, bu esa uni Yevropadagi eng yirik kompaniyaga aylantiradi. DHL buyurtmalar bo'limi 220dan ortiq davlat va hududlarda mavjud deb hisoblanadigan yirik kompaniya[3].
DHL Group Germaniyaning Deutsche Bundespost pochta organi negizida tashkil etilgan bo'lib, 1995-yilda xususiylashtirilgan va 2000-yilda to'liq mustaqil kompaniyaga aylandi. Xususiylashtirilgandan beri Deutsche Post o'z biznes sohasini sotuvlar orqali yaxshigina kengaytirdi, 2014-yilda guruh kichik elektr vositalar ishlab chiqaruvchi StreetScooter GmbH kompaniyasini ham sotib oldi. Ikki yil o'tgach, guruh Buyuk Britaniyadagi biznesga yo'naltirilgan pochta xizmati - UK Mailni 315,5 million AQSh dollariga (243 million funt sterling) sotib oldi. Sobiq Deutsche Post kompaniyasi Yevropa posilkalar tarmog'i bo'linmasiga aylandi[4].
Deutsche Post DHL Group kompaniyasining 2016-yildagi daromadi foizlar va soliqlardan oldingi (EBIT) 3,491 mlrd yevroni tashkil etdi (2015 yilga nisbatan 44,8 foizga ko‘p), sof qolgan foyda esa 57.334 mlrd yevro bo'yicha 2.64 mlrd yevroni tashkil etddi. O'z kapitalining daromadliligi soliqlardan oldin 27,7 foizni tashkil etdi[5][6][7]. Guruhning 2016-yildagi kridit reytingi Fitch talqiniga ko'ra BBB+ bo‘lgan[8].
DHL Group Euro Stoxx 50 fond bozori indeksida DHL sifatida Börse Frankfurt (Frankfurt fond birjasi) ro'yxatiga kiritilgan . 2016-yilda kompaniya aksiyalarining 20,5 foizi davlat banki hisoblangan KfW bankiga tegishli edi; 79,5 foizi erkin edi: 65,6 foizi idoraviy va 10,8 foizi xususiy investorlarga tegishli.