![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/67/DAX-logo.svg/languz-640px-DAX-logo.svg.png&w=640&q=50)
DAX
From Wikipedia, the free encyclopedia
DAX (nemischa: , bozorda GER30 sifatida koʻrsatilgan) Germaniyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. Indeks Germaniyadagi 40 ta eng yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aksiyalari narxining kapitallashuvi boʻyicha oʻrtacha qiymati sifatida hisoblanadi. DAX Britaniyaning FTSE 100 va Amerika Dow Jones indekslarining ekvivalenti hisoblanadi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/67/DAX-logo.svg/320px-DAX-logo.svg.png)
DAX 1988-yil 1-iyulda yaratilgan boʻlib, boshlangʻich qiymati 1000 balldan iborat.[1] Indeks Deutsche Börse AG tomonidan hisoblab chiqariladi.
2020-yil 24-noyabrda Deutsche Börse Germaniya iqtisodiyotining zamonaviy tuzilmasini toʻliqroq aks ettirish maqsadida indeksni oʻnta qoʻshimcha komponentga kengaytirilishini eʼlon qildi. Kengaytiruv 2021-yilning 3-choragida amalga oshirildi.[2]