From Wikipedia, the free encyclopedia
Curiosity (talaffuzi: Kyuriositi; inglizchadan tarjimasi: Qiziquvchanlik) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir.
Marsyurar yadroviy oziqlanuvchi koʻchma ilmiy laboratoriya boʻlib, oʻnlab uskunalar bilan qurollangan. U NASA'ning Mars Science Laboratory (MSL; Mars Ilmiy Laboratoriyasi) vazifalaridan biridir. MSL vazifalariga quyidagi ilmiy ishlar kiradi: Mars iqlimi va geologiyasini oʻrganish, Marsda hayot boʻlgan-boʻlmaganligini tekshirish va Marsdagi suv ahamiyatini tadqiq etish. Curiosity Mars sathida eng koʻp ilmiy uskuna tashiydigan robotdir.[1]
Curiosity 2011-yil 26-noyabrida Yerdan uchib, 2012-yil 6-avgustida (NASA shtabi vaqti bilan 5-avgustda) Marsning Gale krateriga muvaffaqiyatli qoʻndi.[2] Tez orada u fotosuratlar olib, Yerga uzatdi.[3]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.