Colin Morgan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Colin Morgan (talaffuzi: Kolin Morgan; 1986-yil 1-yanvarda tugʻilgan)[1] — shimoliy irlandiyalik aktyor. BBCning Afsungar (2008-2012) serialidagi bosh qahramon va Kenneth Branaghning Belfast (2021) filmidagi Billy Clanton rolini oʻynagani bilan mashhur.
Colin Morgan | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1986-yil (1986-01-01) (38 yosh) |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktyor |
Morgan 2007-yilda DBC Pierrening Vernon God Little filmida bosh qahramon sifatida London teatrida debyut qildi. U 2007-yilda Pedro Almodovarning Todo sobre mi madre (All About My Mother), 2008-yilda Thomas Babening A Prayer For My Daughter, 2011-yilda Pedro Miguel Rozoning Our Private Life, 2012-yilda The Old Vic 24 soat musiqali yulduzlar Galasida Step in Time nomli spektakllarda, 2013-yilda Shekspirning The Tempest hamda 2013 va 2014-yillarda Jez Batterworthning Mojo pyesasidaishtirok etdi.
2008-yil iyul oyida Screen International Morganni „Star of Tomorrow“ („Ertangi kun yulduzi“) deb tan oldi.[2] Merlin filmidagi ijrosi uchun Morgan 2009, 2010 va 2011-yillarda Monte-Carlo telefestivalining „Eng yaxshi aktyor“ (drama) nominatsiyasiga va 2013-yilda National Television Awardsda „Dramadagi eng yaxshi erkak aktyor“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.