![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f4/Code.org_logo.svg/languz-640px-Code.org_logo.svg.png&w=640&q=50)
Code.org
From Wikipedia, the free encyclopedia
Code.org — Hadi va Ali Partovi[1] boshchiligidagi notijorat tashkilot va shu nomdagi web-sayt boʻlib, u kishilarni, xususan AQShdagi oʻquvchilarni informatikani oʻrganishga undashga qaratilgan.[2] Bu web-sayt bepul dasturlash (kodlash) darslarini oʻz ichiga olib, ushbu tashabbus maktablarni oʻquv dasturiga koʻproq informatika darslarini kiritishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sanaladi.[3] 2013-yil 9-dekabrda ushbu tashkilot 2013-yil 15-dekabrgacha davom etgan Kompyuter fanlari boʻyicha taʼlim haftaligi (inglizcha: Computer Science Education Week) davomida kompyuter fanlarini targʻib qilish maqsadida umummilliy kod soatlarini boshladi.[4][5][6]
Qisqa faktlar Maqsadi, Ishga tushgan sanasi ...
![]() | |
Maqsadi | Amerikada kompyuter boʻyicha taʼlimni yaxshilasy |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2013-yil yanvar |
Joylashuvi |
Seattle, Vashington, ![]() |
Asoschi(lar)i | Hadi Partovi va Ali Partovi |
Bosh ijrochi direktor | Hadi Partovi |
Vebsayti | code.org |
Yopish