![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/91/Sheinbaum_Abril_2024.jpg/640px-Sheinbaum_Abril_2024.jpg&w=640&q=50)
Claudia Shienbaum
From Wikipedia, the free encyclopedia
Claudia Sheinbaum Pardo[lower-alpha 1] (24-iyun 1962-yilda tugʻilgan) – meksikalik siyosatchi, olim va akademik, hozirda Meksikaning saylangan prezidenti. Claudia Sheinbaum bu lavozimga saylangan birinchi ayoldir[3]. U chap qanot Milliy tiklanish harakatining (Morena) aʼzosi hisoblanadi[4].
Claudia Sheinbaum | |
---|---|
![]() Sheinbaum 2024-yilda | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 1-oktyabr 2024-yil[1] | |
Oʻtmishdoshi | Andrés Manuel López Obrador |
![]() | |
Mansab davri 5-dekabr 2018-yil – 16-iyun 2023-yil | |
Oʻtmishdoshi | José Ramón Amieva |
Vorisi | Martí Batres |
Talpan tumani meri | |
Mansab davri 1-oktyabr 2015-yil – 6-dekabr 2017-yil | |
Oʻtmishdoshi | Héctor Hugo Hernández Rodríguez |
Vorisi | Fernando Hernández Palacios [es] |
Mexiko shahri atrof-muhit boʻyicha kotibi | |
Mansab davri 5-dekabr 2000-yil – 15-may 2006-yil | |
Oʻtmishdoshi | Alejandro Encinas Rodríguez |
Vorisi | Eduardo Vega López |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Claudia Sheinbaum Pardo 24-iyun 1962-yil (1962-06-24) (62 yosh) Mexiko shahri, Meksika |
Siyosiy partiyasi | Morena (2014-yildan beri) |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Demokratik inqilob partiyasi (1989–2014) |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 2 |
Onasi | Annie Pardo Cemo |
Otasi | Carlos Sheinbaum Yoselevitz |
Taʼlim | Meksika milliy muxtor universiteti (PhD) |
Imzosi |
![]() |
Kasbi olim boʻlgan Sheinbaum Meksika milliy muxtor universitetida energetika muhandisligi boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan. Sheinbaum energetika, atrof-muhit va barqaror rivojlanish boʻyicha 100 dan ortiq maqola va ikkita kitob muallifidir. Claudia Sheinbaum Pardo Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo panelga oʻz hissasini qoʻshgan va 2018-yilda BBCning 100 Women roʻyxatiga kiritilgan[5].
2018-yilda u Mexiko shahri meri etib saylandi – yana bunday lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi, soʻng 2023-yil iyun oyida 2024-yilgi prezidentilik saylovlarida prezidentlikka nomzodini qoʻyish uchun isteʼfoga chiqdi. 2023-yil sentabrida u oʻzining eng yaqin raqibi, sobiq tashqi ishlar vaziri Marcelo Ebrard ustidan partiyaning nomzodini qoʻlga kiritdi[6]. 2024-yil iyun oyida Sheinbaum Meksikadagi umumiy saylovlarda 59 foizdan koʻproq ovoz bilan gʻolib chiqdi. Sheinbaum lavozimga kirishgach, u Meksikaning birinchi ayol prezidenti va yahudiy millatiga mansub birinchi prezident boʻladi[lower-alpha 2][8][9].