From Wikipedia, the free encyclopedia
Chris Hughes (talaffuzi: Kris Hyuz; 1983-yil 26-noyabrda tugʻilgan[2]) — amerikalik tadbirkor eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri boʻlgan Facebook ning asoschilaridan biri.
Massachusetts shtatining Endover shahridagi Fillips Akademiyasi bitiruvchisi[3]. Harvard universitetida tahsil olgan. 2006-yilda tarix va adabiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan[4].
2004-yilda hali talaba boʻlgan Chris Hughes Mark Zuckerberg, Dustin Moskovitz va Eduardo Saverin bilan birgalikda keyinchalik dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebookka asos solishadi. Ammo 2007-yilda Hughes Barack Obamaning saylovoldi kompaniyasida ishtirok etish uchun loyihani tark etishga qaror qiladi. AQShda prezidentlik saylovlari paytida Chris Hughes Barack Obamaning veb-saytini ishlab chiqish va uning ijtimoiy-axborot kompaniyasini boshqarish bilan shugʻullangan[5].
2009-yilda saylovlar tugagandan soʻng u General Catalyst venchur investitsiya kompaniyasida faoliyat olib boradi[6][7].
U dunyoni oʻzgartirish uchun ish olib borayotgan shaxslar va tashkilotlar oʻrtasida biznes aloqalarni oʻrnatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish istagi ustuvor gʻoya hisoblangan Jumo startapiga asos solgan[8][9].
Chris Hughes oʻzining besoqolbozligini yashirmaydi[10]. 2011-yil yanvar oyida Nyu-Yorkda[11] nikoh tengligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan ziyofatda Chris va uning jufti Sean Eldridge unashtirilganliklarini eʼlon qilishgan va 2012-yil 30-iyunda ular turmush qurishgan[12][13].
Ijtimoiy tarmoq (2010) filmida Chris Hughes obrazini Patrick Mapel gavdalantirgan[14] .
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.