![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4e/Chiroqchi_tumani.png/640px-Chiroqchi_tumani.png&w=640&q=50)
Chiroqchi tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Chiroqchi — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Hududi 2.8 ming km2. Aholisi 445.5 ming kishi.[2] Shimolda Samarqand viloyatining Nurobod va Pastdargʻom tumanlari, gʻarbda Koson tumani, sharqda Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlari, janubda esa Qamashi, Gʻuzor va Qarshi tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududida Chimqoʻrgʻon va Qalqama suv omborlari mavjud. Markazi — Chiroqchi shahri. Tumanda 33 ta mahalla va 20 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari (Dam, Dodiq, Jar, Koʻkdala, Langar, Mirzatoʻp, Oxunboboyev, Paxtaobod, Torjilgʻa, Oʻymovut, Uyshun, Humo, Chim, Chorvador, Shoʻrquduq, Eski Anhor, Yangi Hayot, Qalqama, Qahramon, Qumdaryo) faoliyat yuritgan. 2022-yil 17-martda ulardan ayrimlari Koʻkdala tumaniga oʻtkazilgan.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qashqadaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Chiroqchi |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Hokim | Nodir Erkayev[1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeksi | 181200 |
Rasmiy sayti | Chiroqchi tuman hokimligi rasmiy veb sayti |
Xaritada | |
![]() | |
39°1′59″N 66°34′36″E |
Yopish