From Wikipedia, the free encyclopedia
Kayleigh Rose Amstutz (1998-yil 19-fevralda tugʻilgan) – Chappell Roan nomi bilan tanilgan (CHAP-əl ROHN) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Koʻplab musiqalari 1980-yillarda sinth-pop va 2000-yillarning boshidagi pop-hitlardan ilhomlanib yozilgan. Roanning musiqiy ijod namunalarida drag-malikalarning taʼsiri katta. Uning musiqa va ijro uslubi „campy“ deya tasvirlangan.
Chappell Roan | |
---|---|
Roan 2022-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
19-fevral 1998-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | |
Leybl |
|
Janr |
|
Faoliyat yillari | 2014–hozirgacha |
Veb-sayt | iamchappellroan.com |
Roan 17 yoshida „Die Young“ nomli qoʻshigʻini oʻzining YouTube sahifasiga yuklagan. Shundan keyin qoʻshiqchi Atlantic Records kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilda Roan oʻzining ilk mini-albomi – „School Nights“ni taqdim qilgan. 2020-yilda yaratilgan „Pink Pony Club“ qoʻshigʻi Roanni dastlabki mashxurlik shohsupasiga koʻtargan, lekin oʻsha yili Atlantic Records kompaniyasi tarkibidan chiqarilgan.
Qisqa tanaffusdan soʻng, Roan 2022-yilda mustaqil ravishda bir qator qoʻshiqlarini ommaga taqdim qildi. 2023-yilda Island Records studiyasi bilan hamkorlikda „The Rise“ va „Fall of a Midwest Princess“ albomlarini chiqardi. Ushbu albom 2023-yil oxirida bir nechta eng yaxshi albomlar roʻyxatiga kiritildi. Garchi albom chiqarilganidan keyin darhol muvaffaqiyatga erishmagan boʻlsa-da, oradan bir necha oy oʻtgach, Midwest Princess katta mashhurlikka erishdi va „sleeper hit“ deya tan olindi. Ushbu ijod namunasining mashxurlikka erishishida Olivia Rodrigoning Guts World Tourda albomni qoʻllab-quvvatlashi, Coachella va Governors Ball kabi musiqa festivallaridagi chiqishlari va "Good Luck, Babe" singlining muxlislar tomonidan iliq kutib olinganligi katta turtki boʻldi. 2024-yil iyun oyida Midwest Princess chartsga koʻtarildi va AQShning Billboard 200 rekordlar jadvali top oʻntaligiga kiritildi. Qoʻshiq, shuningdek, Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada ham mashxurlikka erishdi. Keyinchalik, uning bir nechta singllari birinchi bor turli top chartlarda koʻrinish berdi.
Kayleigh Rose Amstutz 1998-yil 19-fevral kuni Springfield shahri yaqinidagi Willard shaharchasida tugʻilgan[1][2][3]. Oilada toʻrtta farzand boʻlib, Roan ularning toʻngʻichi hisoblangan. Roanlar oilasi trailerlar parkida yashardi[4][5]. Onasi Kara veterinar, otasi Dwight esa Springfildda oilaviy, nevrologiya hamda intensiv parvarishlash boʻlinmalarida doktor boʻlib ishlagan[6]. Roan oʻzi tugʻilgan shahrini va bolaligi oʻtgan davrni konservativ va xristianlikka asoslangan deb tasvirlaydi[7][8][9]. Bolaligida haftasiga uch marta cherkovga borardi va baʼzan yozni xristian lagerlarida oʻtkazardi[8][10]. 2023-yilgi intervyusida Roan atrofidagilar bilan kelishmovchilikka borganligini va tez-tez yashirincha uydan chiqib ketishini aytgan: „Men oʻzimni yaxshi odam kabi his qilishni xohladim, lekin mening shaxsiyatimda qochib ketishni istaydigan tarafim bor edi“[10].
Roan 10 yoki 11 yoshida pianino chalishni[11], 12 yoshida musiqadan saboq olishni boshladi[4]. 13 yoshida birinchi marta maktabidagi isteʼdodlar koʻrgazmasida „The Christmas Song“ nomli qoʻshiqni kuylab, ilk bor oʻzini ommaga namoyish etdi[12][13][4]. Roan taxminan 14 yoshida Amerikaʼs Got Talent uchun ariza topshirdi, ammo uning bu chiqishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi[4]. 14 yoki 15 yoshida turli xil disk kompaniyalarining eʼtiborini jalb qilib, YouTube platformasiga coverlar yuklay boshladi[4][14]. Oʻsmirlik yoshiga yetganida qoʻshiq yozishni boshladi[11]. Oʻrta maktabni bir yil oldin tugatdi. Keyinchalik Roan oʻzining musiqiy faoliyati uchun bolalik yillaridan, oʻrta va oliy maktablardan voz kechganini taʼkidlagan[15][16].
Roan 2014-yil noyabr oyida „Die Young“ nomli shaxsiy qoʻshigʻini YouTube sahifasiga Kayleigh Rose nomi bilan yukladi[2][17]. U Interlochen Sanʼat markazi yozgi lagerida boʻlgan vaqtida ushbu qoʻshiqni yozgan va aynan shu qoʻshiq uning hayot yoʻllarini tubdan oʻzgartirganligini taʼkidlaydi. Keyinchalik Nyu-Yorkdagi bir nechta musiqiy namoyishlarga tashrif buyurgan, bu esa uning 2015-yil 8-may kuni Atlantic Records musiqa kompaniyasi bilan shartnoma imzolashiga sabab boʻlgan[18][13]. 2016-yilga kelib, miya saratonidan vafot etgan bobosi Dennis K.Chappellning sharafiga qoʻshiqchi oʻziga Chappell Roan nomini qabul qilgan. Bobosining sevimli qoʻshigʻi esa Curley Fletcherning „The StrawberryRroan“ taronasi boʻlgan[19][13][16][20].
2017-yil 3-avgust kuni Roan oʻzining ilk yakkaxon „Good Hurt“ qoʻshigʻini namoyish etdi. Qoʻshiq Interviewda ijobiy baholandi, uning oʻziga xos yetukliligi va ajablanarli vokali maqtab oʻtildi[21][22]. Shu vaqt davomida Roan Missuri shtatining Springfield shahrida ota-onasi bilan yashardi va kerak boʻlganda ular bilan Los-Anjeles yoki Nyu-York shahriga uchib borardi. 2018-yilda Roan Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan[2][23]. Roan ilk marta mustaqil yashay olishini va oʻzining hayoti toʻliq sevgi-muhabbat bilan qamrab olinganini his qilganini aytdi. Bu narsa unga haqiqiy his-tuygʻular bilan ijod qilishga imkon berdi[16][24]. 2018-yil yanvaridan mart oyiga qadar Roan Declan McKenna bilan AQShda gastrol safarlarini uyushtirgan[14].
Roan 2020-yil boshidan qoʻshiq yozuvchi va prodyuser Dan Nigro bilan ishlashni boshladi[25]. 2020-yil aprel oyida „Pink Pony Club“ qoʻshigʻini chiqardi va uni „School Nights“ning bir qismi deya tasvirladi[26]. Musiqa Nigro tomonidan, videosi esa Griffin Stoddard tomonidan taqdim etilgan[2][23]. Qoʻshiq Roanni Los-Anjelesda go-go raqqosi boʻlishga undaganini aytib oʻtarkan, „chindan ham, men buni qila olishimga ishonmayman, shuning uchun men bu haqda qoʻshiq yozdim“ deydi[20].
Roan 2020-yil may oyida „Love Me Anyway“, „California“ deb nomlangan ikkita singlini muxlislar eʼtiboriga namoyish etgan[27][28]. Biroq qoʻshiqlari Atlantic uchun yetarlicha foyda keltirmagach, ular Roanni 2020-yilning avgust oyida kompaniyadan chiqarib yuborishgan[16][29]. Toʻrt yillik sevgilisi aynan oʻsha haftada Roan bilan ajrashgan. Yulduz keyingi ikki yilda oʻzini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish yordamchisi, barista va enaga sifatida ishlab kun kechirgan[16][10]. Shunga qaramay, USA Today gazetasida „Pink Pony Club“ „2020-yilning 10 ta eng yaxshi qoʻshiqlari“ roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan[30]. Oradan bir yil oʻtgach, „Pink Pony Club“ „the Song of Summer 2021“, yaʼni 2021-yil yoz mavsumining eng yaxshi qoʻshigʻi sifatida eʼtirof etilgan[2]. 2020-yil avgust oyida qoʻshiq Spotifyda 10 million martadan ortiq eshittirilgan[20].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.