Carl Siegel
germaniyalik matematik / From Wikipedia, the free encyclopedia
Carl Ludwig Siegel (talaffuzi: Karl Ludvig Zigel) (31-dekabr 1896 – 4-aprel 1981) – germaniyalik matematik. Analitik sonlar nazariyasi sohasi boʻyicha mutaxassis. Thue–Siegel–Roth teoremasiga hamda kvadrat formalar uchun Siegel massa formulasiga[1] qoʻshgan hissasi bilan shuhrat qozongan. 20-asrning eng muhim matematikalaridan biri hisoblanadi[2][3]. 1978-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan[4].
Carl Ludwig Siegel | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
31-dekabr 1896-yil Berlin, Germaniya Imperiyasi |
Vafoti |
4-aprel 1981-yil(1981-04-04) (84 yoshda) Göttingen, Gʻarbiy Germaniya |
Fuqaroligi | Germaniya imperiyasi, Veymar Respublikasi, Uchinchi reyx va Germaniya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Johann Wolfgang Goethe-universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti |
Akademik rahbarlari | Edmund Landau |
Mashhur shogirdlari |
|
Mashhur ishlari |
Brauer–Siegel teoremasi Siegel modular formasi Siegel modular xilma-xilligi Siegel noli Smith–Minkowski–Siegel massa formulasi Thue–Siegel–Roth teoremasi |
Taʼsir koʻrsatgan | Peter Sarnak |
Mukofotlari | Wolf mukofoti (1978) |
1915-yil Berlinda Humboldt universitetida matematika, astronomiya va fizikani oʻrgana boshlagan. Universitetda Max Planck va Ferdinand Georg Frobeniusdan saboq olgan. Frobenius taʼsirida sonlar nazariyasiga qiziqishi ortgan. 1920-yil Göttingen universitetidan PhD darajasini olgan.
Siegelning sonlar nazariyasi, Diophantus tenglamalari hamda samoviy jismlar mexanikasi boʻyicha ishlari tufayli turli taqdirlan bilan mukofotlangan. Uning > 1 da egri chiziqlardagi butun nuqtalarning cheklangani haqidagi teoremasi Diophantus tenglamalarining muhim natijasi hisoblanadi. Shuningdek, olim L-funsiyalarni oʻrganib, Siegel noli tushunchasini taklif qilgan.