Lotin zarbli cholgʻu asbobi From Wikipedia, the free encyclopedia
Cabasa musiqiy asbobi shekerega oʻxshash zarbli cholg'u asboblaridan biri boʻlib, u keng silindrga oʻralgan poʻlat sharli zanjirning halqalari bilan oʻralgan boʻladi. Silindr uzun, tor yogʻoch yoki plastmassa tutqichga oʻrnatiladi.
Turi |
Idiofon |
---|---|
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
112.1 |
Ishlab chiqargan |
Martin Cohen Xuddi shu nomdagi anʼanaviy asbobga asoslangan zamonaviy versiya 1960-yillarda ishlab chiqilgan |
Yasovchilar | |
Lotin zarbli cholg'u asbobchilari, Olmon zarbli cholg'u asbobchilari va boshqalar |
Metall Cabasa Lotin zarbli cholgʻu asboblari (inglizcha: Latin Percussion) asoschisi Martin Cohen tomonidan yaratilgan. Ushbu ixtirochi boshchiligidagi jamoa afuche-cabasa deb ataladigan yanada mustahkam cabasa turini yasashgan. Ushbu asbob chayqalganda yoki burishganda, ilonning ovoziga oʻxshash, metall shitirlashi tovushini beradi. Koʻpincha lotin jazz musiqasida, ayniqsa bossa nova qismlarida qoʻllanadi. Aniq ritmik effektlarni ilgʻor ijrochi olishi mumkin. Ijrochi bosimni taʼminlash uchun ustun boʻlmagan qoʻlini metall zanjirga qoʻyadi, ikkinchi qoʻli bilan yogʻoch tutqichni ushlab, kerakli ritmik naqshga qarab asbobni oldinga va orqaga harakatlantiradi. Lotin musiqasiga qoʻshimcha ravishda, koʻplab guruh va orkestr qismlari cabasa uchun chaqiriladi.
Cabasaning afrikancha asl nusxasi agbe deb ataladi va tashqi yuzasiga munchoqlar oʻralgan oval yoki noksimon shaklidagi qovoqlardan yasalgan[1]. Ushbu asbobning koʻplab versiyalari mavjud, ayniqsa lotin musiqasida. Cabasa Lotin Amerikasi raqsida ishlatiladi. Cabasa — tizma munchoqlar bilan qoplangan va bitta tutqichda tugatilgan tabiiy yoki sintetik yumaloq hamda nok shaklidagi qovoqdan yasalagn asbob. Ushbu insturment lotin jazz musiqasida qoʻllanadigan metall versiyasi bilan taqqoslanadi[2].
Asbob tez-tez musiiy terapiyada, ayniqsa jismoniy/nevrologik nuqsonlari boʻlgan odamlarda qoʻllanadi. Chunki ushbu musiqiy asbob tovush chiqarish uchun minimal qoʻl harakatini talab qiladi. Biror shaxs tomonidan yasalgan tovush keyinchalik musiqa terapevti tomonidan kuchaytirilishi mumkin. Bu qoʻl harakati va tovushni eshitish oʻrtasida nevrologik aloqalarni oʻrnatadi hamda oʻz navbatida qoʻllarning yanada ravon harakatlarini ragʻbatlantiradi. Ushbu asbobning zamonaviy moslashuvlariga Olmon zarbli musiqiy asboblari yoq pedali kiradi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.