C (dasturlash tili)
dasturlash tili / From Wikipedia, the free encyclopedia
C (talaffuzi: si)[4] — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili boʻlib, 1969—1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan[5]. Ushbu dasturlash tili B tilining takomillashgan koʻrinishi sifatida yaratilgan. Dastlab UNIX operatsion tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan, keyinchalik esa boshqa koʻplab platformalar bilan ishlashga ham moslashtirilgan. Dizayni hamda strukturasiga koʻra, ushbu til quyi darajadagi dasturlash tillariga yaqin. Baʼzi xususiyatlari bilan assembler tiliga ham oʻxshab ketadi. C dasturlash tili dasturiy taʼminot industriyasining rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazgan. Uning sintaksisi esa C++, C#, Java, Objective-C va boshqa koʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi.
![]() | |
Muallifi | Dennis Ritchie |
---|---|
Tuzilgan yili | 1972 (52 yil avval) (1972)[1] |
Operatsion tizim | Kross-platformali |
Fayl kengaytmalari | .c, .h |
Vebsayt |
iso.org/standard/74528.html open-std.org/jtc1/sc22/wg14/ |
Dialektlari | |
Cyclone, Unified Parallel C, Split-C, Cilk, C* | |
Bunga asos boʻlgan tillar | |
B (BCPL, CPL), ALGOL 68,[2] PL/I, FORTRAN | |
Buning asosida tuzilgan tillar | |
AMPL, AWK, csh, C++, C--, C#, Objective-C, D, Go, Java, JavaScript, JS++, Julia, Limbo, LPC, Perl, PHP, Pike, Processing, Python, Rust, Seed7, ValaVala, Verilog (HDL),[3] Nim, Zig |