![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b9/Symptoms_of_coronavirus_disease_2019_2.0-uz.png/640px-Symptoms_of_coronavirus_disease_2019_2.0-uz.png&w=640&q=50)
COVID-19 koronavirus infeksiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ushbu maqola kasallik haqida. Virus uchun Ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) maqolasiga qarang. Pandemiya uchun COVID-19 pandemiyasi maqolasiga oʻting.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b9/Symptoms_of_coronavirus_disease_2019_2.0-uz.png/640px-Symptoms_of_coronavirus_disease_2019_2.0-uz.png)
2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19) — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik.[1] Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi.[2][3] Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi.[4][5] Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da,[6] ayrim bemorlarda kasallik ogʻir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi.[2][7] Diagnoz qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha 3,4 foizni tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2 foizni, 80 yoshdan oʻtganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi.[8][9][10]