oʻzbek yozuvchisi Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼriy toʻplam From Wikipedia, the free encyclopedia
„Bulbulga bir gapim bor“ — oʻzbek shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1987-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1][2][3] Kitobning nomi „Nilufar“ sheʼridan olingan:
Qoʻlim yetmas bu gulga manim, Qoʻlim yetmas, nimasin aytay. Bir gapim bor bulbulga manim,
Uni yigʻlab-yigʻlab uygʻotay.
Muallif(lar) | Muhammad Yusuf |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1987 |
Sahifalar soni | 73 |
„Bulbulga bir gapim bor“ sheʼrlar toʻplamiga: „Yuragim“, „Yigirmanchi asr“, „Ota“, „Oʻzbekning ayollari“, „Brigadir“, „Mehmon“, „Savol“, „Bir kecha“, „Xirmondagi bola“, „Moʻminjon“, „Singlimga maktublar“, „Ey, dil“, „Inson“, „Nido“, „Oʻzim yomon...“, „Unutish (Shokirga)“, „Kumush“, „Koʻngil yigʻisi“, „Zebixon“, „Bobur“, „Toshkent“, „Taraqqiyot“, „Temirlar nidosi“, „Qari qiz“, „Yuvosh oʻgʻil“, „Oʻgʻlimga aytmagan qoʻshigʻim“, „Madina“, „Muttaham“, „Loʻttivozlar“, „Kinoga kirmayman“, „Tugʻilgan kunda“, „Sodda tilak“, „Xolmat akaga“, „Yaxshi bola (Xayrulla Saʼdiyevga)“, „Jangchi-shoir maktubi“, „Kokilingni kim kesdi“, „Adabiyot muzeyida“, „Nozim xikmat“, „Anjelika“, „Foziljonning onasi“, „Mirzamurod dehqonning nevaralariga aytganlari“ kabi turli mavzulardagi sheʼrlar kiritilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.