From Wikipedia, the free encyclopedia
Buckingham saroyi (BB: /ˈbʌkɪŋəm/)[1] — London qirollik qarorgohi va Birlashgan Qirollik monarxining maʼmuriy shtab-kvartirasi[2]. Westminster shahrida joylashgan saroy koʻpincha davlat tadbirlari va qirollik mehmondoʻstligi markazida hisoblanadi.
Buckingham saroyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Saroy |
Shahar | Westminster |
Mamlakat | Angliya |
Qurilishi boshlangan | 1703-yil |
Qurilishi tugagan | 1850-yil |
Buckingham Palace | |
Buckingham saroyi |
Dastlab Buckingham uyi nomi bilan tanilgan. Bugungi kunda saroyning markazida joylashgan bino 1703-yilda Buckingham gertsogi uchun qurilgan. U 1761-yilda qirol Jorj III tomonidan qirolicha Sharlottaning shaxsiy qarorgohi sifatida sotib olingan va Qirolichaning uyi sifatida tanilgan. XIX asrda markaziy hovli atrofida meʼmorlar Jon Nesh va Edvard Blor tomonidan uchta bino qurilgan. Buckingham saroyi 1837-yilda qirolicha Viktoriya taxtga kirishi bilan Britaniya monarxining Londondagi qarorgohiga aylandi.
Soʻnggi yirik qurilishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, qirol oilasi anʼanaviy tarzda xalqni kutib oladigan mashhur balkonni qurish bilan yakunlangan. Ikkinchi jahon urushi paytida nemis bombasi saroy ibodatxonasini vayron qiladi, oʻsha joyda Qirolicha galereyasi ham boʻlgan edi va u galeriya urushdan keyin 1962-yilda Qirollik kolleksiyasidagi sanʼat asarlarini namoyish qilish uchun jamoatchilikka ochilgan.
XIX asr boshidagi asl interyer dizaynlarining aksariyati saqlanib qolgan. Koʻpgina kichikroq qabul xonalari Brightondagi Qirollik pavilyonidan va Karlton uyidan olib kelingan mebel va jihozlar bilan va Xitoyning regency uslubida jihozlangan. Saroyda 775 ta xona mavjud va saroy bog` Londondagi eng katta xususiy bogʻdir. Saroyda rasmiy va davlat koʻngilochar tadbirlari uchun foydalaniladigan xonalar mavjud boʻlib har yili avgust va sentyabr oylarida va qish va bahorning ayrim kunlarida jamoatchilikka ochiq.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.