From Wikipedia, the free encyclopedia
Brian Maisonneuve (talaffuzi: Brayan Meysonneuve) — 1973-yil 28-iyulda AQShning Michigan shtati Warren shahrida tugʻilgan. Amerikalik futbol yarim himoyachisi „Columbus Crew“ va AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1998-yilgi jahon chempionati, shuningdek, Atlanta yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Brian Maisonneuve | ||
Tavallud sanasi | 28-iyun 1973-yil | ||
Tavallud joyi | Warren, Michigan, AQSh | ||
Boʻyi | 5 ft 11 in (1.80 m) | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1983—1989 | Carpathia Kickers | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—2004 | Columbus Crew | 172 | (23) |
Milliy terma jamoa | |||
1997—2002 | AQSh | 13 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2005—2008 | AQSh U-17 (assistent) | ||
2008—2010 | University of Louisville "(assistent) | ||
2010—2017 | Indiana University (assistent) | ||
2018— | Ohio State Buckeyes | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
1991-yilda Brian Maisonneuve oʻz faoliyatini Indiana universiteti futbol jamoasida oʻynashdan boshladi. U bir necha bor jamoaga kubokni yutishda yordam berdi va NCAAda eng yaxshi 10 toʻpurardan biri boʻldi. Hamda, 1996-yilda Brian Maisonneuve MLS bilan shartnoma imzoladi va keyinchalik „Columbus Crew“ futbol klubi tomonidan futbolchi bilan shartnoma tuzilgan. U butun faoliyatini shu jamoada oʻtkazdi.
1996-yilda Brian Maisonneuve AQSh olimpiya terma jamoasi tarkibida Atlanta Olimpiadasida ishtirok etdi. Turnirda Argentina, Tunis va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[1][2][3]. Tunisliklar va portugaliyaliklarga qarshi janglarda Brian Maisonneuve gol urdi.
1997-yil 4-iyunda u AQSh terma jamoasi safida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. 1998-yilda Brian Maisonneuve CONCACAF oltin kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo turnirda birorta ham oʻyinda qatnashmagan. Oʻsha yili u milliy terma jamoa bilan Fransiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatiga yoʻl oldi. Turnirda Mesonnev Eron, Germaniya va Yugoslaviya terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ham qatnashdi[4][5][6]. 2002-yilda Brian Maisonneuve AQSh terma jamoasi bilan CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritdi[7].
Klublardagi faoliyati | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
AQSh | Liga | Ochiq kubok | Shimoliy Amerika | Jami | ||||||
1996 | Columbus Crew | Major League Soccer | 15 | 5 | ||||||
1997 | 32 | 3 | ||||||||
1998 | 13 | 3 | ||||||||
1999 | 29 | 2 | ||||||||
2000 | 0 | 0 | ||||||||
2001 | 25 | 8 | ||||||||
2002 | 26 | 1 | ||||||||
2003 | 23 | 1 | ? | ? | ||||||
2004 | 9 | 5 | ||||||||
Jami | AQSh | 172 | 23 | ? | ? | |||||
Umumiy faoliyatida | 172 | 23 | ? | ? |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.