Brexit
Siyosiy tadbir / From Wikipedia, the free encyclopedia
Brexit (/ˈbrɛksɪt, ˈbrɛɡzɪt/;[1] inglizcha: British — Britaniya va inglizcha: Exit — chiqish; Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) — Buyuk Britaniyadagi konservativ oppozitsiya va ayrim alohida guruhlar (millatchilar, yevrotanqidchilar) ning bosh maqsadi.
2016-yilgi referendum natijalariga koʻra mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlab 51,9 % saylovchilar ovoz bergan. Saylovchilarning 48,1 % esa, bunga qarshi[2]. Buyuk Britaniyaning alohida subyektlarida ovoz berish natijalari har xil tus olgan: Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning aksar aholisi Brexitga qarshi ovoz berishgan boʻlsa, Angliya (London bundan mustasno) va Uelsdagi koʻpchilik Britaniyaning YIdan chiqishini yoqlab ovoz berganlar. Referendumning kutilmagan natijasi jahon hamjamiyatini lol qoldirdi, ayrimlar hatto shok holatiga ham tushib qolishdi, chunki koʻplab siyosatshunoslar buning aksi boʻlishini taxmin qilishgandi.