From Wikipedia, the free encyclopedia
„Breaking Me“(tarjimasi:Meni sindirish) — nemis qoʻshiqchisi DJ Topic va shved qoʻshiqchisi A7S birgalikda ijro etgan qoʻshiq. „Breaking Me“ qoʻshigʻi 2019-yil 19-dekabrda Virgin va Universal leybllari orqali chiqarildi[1]. Qoʻshiq chiqarilganidan beri Belgiyaning Ultratop chartida, Isroil, Portugaliya va Ruminiya chartlarida birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Boshqa mamalakatlar xususan,Kanada,Germaniya,Irlandiya,Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya chartlarida dastlabki 10 talikka kirgan.
„Breaking Me“ | ||||
---|---|---|---|---|
Topic va A7S singli | ||||
Chiqarilgan sanasi | 19-dekabr, 2019-yil | |||
Davomiyligi | 2:46 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) | Tobias Topic | |||
Topic singllar xronologiyasi | ||||
| ||||
A7S singllar xronologiyasi | ||||
| ||||
video va qoʻshiq matni | ||||
"Breaking Me" YouTubeda |
„Breaking Me“ qoʻshigʻi 2021-yilgi „Billboard Music Awards“ marosimida "Eng yaxshi raqs va elektron qoʻshiq " nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Ammo tadbirda „Breaking Me“ qoʻshigʻi Saint Jhn tomonidan ijro etilgan „Roses“ nomli qoʻshiqqa yutqazgan[2].
Qoʻshiq haqida gap ketganda sanʼatkorlar „Breaking Me“ qoʻshigʻi „qalb ogʻrigʻi va kundalik janjallar oʻrtasidagi shirin va totli nuqta“da yaratilganligini taʼkidlashadilar[3].Mavzusiga koʻra qoʻshiq „kishilar oʻrtasidagi munosabatlarda koʻngliga koʻproq aziyat yetkazilgan inson haqida boʻlib, uning koʻngli jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda anchagina siniqqan va singan“ligini aks ettiradi. „Breaking Me“ qoʻshigʻi ikki oy davomida Berlin va Mayamidagi qoʻshiq yozish studiyalarida yozilgan[4].
EDM xodimi Rachel Kupfer „Breaking Me“ qoʻshigʻini „vaguely tropical house“(„aniq tropik uy“) deb taʼrifladi. „Breaking Me“ qoʻshigʻini Rachel Kupferda „ham xira yoritilgan raqs maydonchalari, ham popdan ilhomlangan festival qatnashchilarini“ tasvirlash uchun yaratilgandek tassavvur uygʻotgan. Rachel Kupfer, shuningdek, A7S vokalining „bouncy bass liniyasi va clubby synthsga qanchalik mos kelishini“ aytib oʻtgan[5]. Tanqidchilar „Breaking Me“ qoʻshigʻining ijrochisi A7S anonimligiga qaramay, qoʻshiq shved qoʻshiqchisi tomonidan kuylangan boshqa qoʻshiqlardan koʻra koʻproq foyda keltirishini taʼkidladilar[6].
Chart (2020) | Oʻrin |
---|---|
Avstraliya (ARIA)[7] | 4 |
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[8] | 2 |
Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[9] | 3 |
Belgiya (Ultratop 50 Wallonia)[10] | 1 |
Kanada (Canadian Hot 100)[11] | 9 |
Kanada (AC)[12] | 31 |
Kanada (CHR/Top 40)[13] | 3 |
Kanada (Hot AC)[14] | 25 |
MDH (Tophit)[15] | 5 |
Chexiya (Rádio Top 100)[16] | 1 |
Chexiya (Singles Digitál Top 100)[17] | 4 |
Daniya (Tracklisten)[18] | 7 |
Finlandiya (Suomen virallinen lista)[19] | 12 |
Fransiya (SNEP)[20] | 14 |
Olmoniya (Official German Charts)[21] | 3 |
Vengriya (Dance Top 40)[22] | 1 |
Vengriya (Rádiós Top 40)[23] | 1 |
Vengriya (Single Top 40)[24] | 1 |
Vengriya (Stream Top 40)[25] | 1 |
Irlandiya (IRMA)[26] | 3 |
Isroil (Media Forest)[27] | 1 |
Italiya (FIMI)[28] | 7 |
Latviya (LAIPA)[29] | 42 |
Livan (OLT20)[30] | 2 |
Niderlandiya (Dutch Top 40)[31] | 2 |
Niderlandiya (Single Top 100)[32] | 5 |
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[33] | 7 |
Norvegiya (VG-lista)[34] | 9 |
Polsha (Polish Airplay Top 100)[35] | 2 |
Portugaliya (AFP)[36] | 1 |
Ruminiya (Airplay 100)[37] | 1 |
Rossiya (Russia Airplay)[38] | 2 |
Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[39] | 3 |
Slovakiya (Rádio Top 100)[40] | 1 |
Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[41] | 4 |
Sloveniya (SloTop50)[42] | 1 |
Ispaniya (PROMUSICAE)[43] | 36 |
Shvetsiya (Sverigetopplistan)[44] | 11 |
Shveysariya (Schweizer Hitparade)[45] | 4 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[46] | 3 |
Ukraina (Ukraine Airplay)[47] | 2 |
AQSh (Billboard Hot 100)[48] | 53 |
AQSh (Hot Dance/Electronic Songs)[49] | 3 |
AQSh (Mainstream Top 40)[50] | 16 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.