![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b3/Bibiana_2.jpg/640px-Bibiana_2.jpg&w=640&q=50)
Bratislava tasviriy biennalesi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bratislava tasviriy biennalesi ( BIB ) bolalar kitobi rassomlari uchun eng qadimgi xalqaro mukofotlardan biri hisoblanadi. Birinchi marta 1967-yilda Yasuo Segavaga (Yaponiya) berilgan[1]. Bu Hans Kristian Andersen mukofoti bilan birga bugungi kunda bolalar kitobi yuzasidan eng nufuzli mukofotlardan biri. Rassomlar xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan tanlab olinadi va ularning bebaho asarlari Slovakiyaning Bratislava shahrida namoyish etiladi. BIB boshidanoq YUNESKO va Yoshlar uchun kitoblar boʻyicha xalqaro kengash ( IBBY ) shafeligida hamda Slovakiya Madaniyat vazirliklari koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Noyob va ajoyib illyustratsiya uchun bosh mukofotni o'z ichiga olgan o'n ikkita mukofot mavjud:
- 1 Gran-pri
- 5 Oltin olma
- 5 ta plaket
- Noshirga 1 Faxriy yorliq sertifikati
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b3/Bibiana_2.jpg/640px-Bibiana_2.jpg)
1987-yilda BIBIANA - Xalqaro bolalar san'ati uyi "Xalqaro faoliyatga ega madaniy muassasa" sifatida tashkil etilgan[2]. BIBIANA hozirda Bratislava Animatsiya Biennalesini ( BAB ) uyushtiradi[3].