oʻzbek xalq bolalar folklori va mahnat taronalari toʻplami From Wikipedia, the free encyclopedia
„Boychechak“ — 1984-yil chop etilgan oʻzbekcha bolalar folklori va mehnat taronalari toʻplami. Toʻplamni Oxunjon Safarov va Kamol Ochilovlar tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1] Ushbu toʻplamga Oktabr inqilobigacha boʻlgan boy va xilma-xil oʻzbek bolalar folklori, shuningdek, Sovet Ittifoqi davridagi bolalar ogʻzaki ijodi hamda mehnat qoʻshiqlaridan namunalar kiritilgan.
Muallif(lar) | Oxunjon Safarov va Kamol Ochilov (tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi) |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | xalq ijodi |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1984 |
Sahifalar soni | 336 |
„Boychechak“ „Oʻzbek xalq ijodi“ koʻp jildli kitoblar seriyasiga kiritilgan kitoblarning biridir. Kitob ikki qismga boʻlingan boʻlib, birinchi qismga bolalar folklori, ikkinchi qismga esa mehnat qoʻshiqlari kiritilgan.
Tahrir hayʼati Komil Yashin, Sarvar Azimov, Marat Nurmuhamedov, Matyoqub Qoʻshjonov, Muzayyana Alaviya, Shonazar Shoabdurahmonov, Toʻra Mirzayev, Muhammad Ali, Solih Qosimov, Bahodir Sarimsoqov, Jumaniyoz Jabborov, Yusuf Sultonovlardan iborat boʻlgan.
Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Qosimov – muharrir, R. Zufarov – rassom, Yu. Gabzalilov – rasmlar muharriri, M. Mirrajabov – texnik muharrir, A. Azimov – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.