Bodom gullari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bodom gullari — bu 1888 — 1890-yillarda rassom Vincent van Gogh tomonidan chizilgan bir nechta suratlar toʻplami. Ularda Fransiyaning janubidagi Arles va Sent-Remi shaharlarida gullab-yashnagan bodom daraxtlari tasvirlangan. Gullaydigan daraxtlar Van Gogh ijodida alohida oʻrin tutadi. Chunki ular uygʻonish va umidni ifodalaydilar. Van Gogh gulli daraxtlarni kuzatish va ularni suratda boʻyashdan estetik zavq olgan. Ushbu asarlar oʻzida impressionizm, divizionizm va yapon yogʻoch naqshlarining taʼsirini aks ettiradi. Ushbu surat akasi Teo va yangasi Joning oʻgʻli, oʻzining jiyani tugʻilganligini nishonlash uchun ularga sovgʻa sifatda chizilgan.
Qisqa faktlar Bodom gullari, Rassom ...
Bodom gullari | |
---|---|
: ' | |
Rassom | Vincent van Gogh |
Oʻlchami | 73.5 sm × 92 sm (4,920 in × 6,200 in) |
Joylashuvi | Van Gogh muzeyi |
Yopish