From Wikipedia, the free encyclopedia
Vincent Willem van Gogh (talaffuzi: Vinsent Villem van Gog, MFA [vɪnˈsɛnt vɑnʼxɔx]), 1853-yil 30-mart, Grot-Zyundert, Breda yaqinida, Niderlandlar — 1890-yil 29-iyul) — dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir-postimpressionchi.
Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885—1886)dagi BAda, Parijdagi xususiy studiyada (1886—1888) oʻqigan. Vincent van Gogh ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini oʻzida aks ettirdi. 1880-yillarning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratdi („Dehqon ayol“, „Kartoshka xoʻrandalari“, 1885 va boshqalar). Tanqidiy realizm anʼanalarini rivojlantirib, asarlarini obrazlarning taʼsirchan ruhiy kuchi, odamlarning dardi va tushkunligini chuqur his etish bilan boyitdi. 1886—88 yillarda impressionizm va yapon gravyurasi, P. Gogen asarlarini oʻrganadi. Shu davrda dadil erkin kompozitsiya yechimiga qurilgan hayotga muhabbat bilan toʻliq portret va manzaralar yaratdi („Tungi qahvaxona“, 1888; „Overda yomgirdan keyingi manzara“, 1890 va boshqalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.