Bobiylik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bobiylik [Бобийлик] (Bobiya E'tiqodi ham deyiladi; forscha: بابیه) – 1844 yilda Bob (Ali Muhammad) tomonidan asos solingan din. Payg'ambar bo'lgan Eronlik savdogar, yagona, anglab bo'lmas Xudoning mavjudligi va U o'z irodasini cheksiz izchillikda keladigan Ilohiy Mazharlar orqali namoyon etishini o'rgatgan. Bobiylik zamonaviy davrga kelib, Bahoiy E'tiqodi shaklida saqlanib qolgan bo'lib, Bobiylarning aksariyati bora-bora unga o'tganlar. [1] Bobning idorasida kechgan xizmat davri qisqa va notinch bo'lib, Tabrizda ommaviy qatl qilinishi, hamda 19-asrda Eron harbiylarining eng qonli harakatlaridan bo'lishi mumkin bo'lgan, Uning minglab izdoshlarini o'ldirgan qirg'in kampaniyasi bilan yakunlandi. [1]
Uning xizmati davomida uning unvon va da'volari ko'p evolyutsiyaga uchradi, chunki Bob o'z ta'limotlarini progressiv tarzda bayon qildi. [2]
Bobiy E'tiqodi 1852 yilgacha Eronda gullab-yashnaydi, keyin esa Usmonlilar imperiyasi, xususan Kiprda, shuningdek, Eron yer to'lasiga surgunlikda davom etadi. Islomiy messianik harakatlar orasida g'ayritabiiy holat bo'lgan Bobiy harakati shia islomidan uzilishni ko'rsatdi va o'ziga xos qonunlari, ta'limotlari va amaliyotlari bilan yangi diniy tizimni boshladi. Bobiylik ruhoniy va hukumat idoralari tomonidan zo'ravonlik bilan bostirilgan bo'lsa-da, bu Bahoiy dinining asoslanishiga olib keladi, qaysikim uning izdoshlari Bob tomonidan asos solingan dinni o'zlaridan oldingi din deb bilishadi. Bahoiy manbalarining ta'kidlashicha, Bob jasadining qoldiqlari bir hovuch Bobiylar tomonidan yashirincha qutqarilgan va keyin yashirilgan. Vaqt oʻtishi bilan qoldiqlar Bahoʼullohning, soʻngra Abdul-Bahoning koʻrsatmalariga koʻra yashirincha Isfaxon, Kirmonshoh, Bagʻdod, Damashq, Bayrut orqali, soʻngra dengiz orqali Karmal togʻi ostidagi tekislikdagi Akko shahriga 1899 -yilda olib ketilgan [3]. 1909-yil 21-martda qoldiqlar hozirgi Hayfadagi (Isroil ) Karmal tog‘ida Abdul-Baho tomonidan shu maqsadda qurilgan maxsus maqbaraga, Bob ziyoratgohiga dafn qilinadi.
Bahoiy dinini qabul qilmagan bobiylar Eronda Azaliylar nomi bilan ham tanilgan jamoani saqlab qolishgan. Ular bir necha mingga teng deb taxmin qilinadi. [4] [5] [6]