Birdamlik haykali
From Wikipedia, the free encyclopedia
Birdamlik haykali — balandligi 182 metr boʻlgan dunyodagi eng baland haykal[1] boʻlib, Hindistonning Gujarat shtatida joylashgan. Ushbu ulkan haykalda Vallabhabhai Patel (1875-1950) — Hindiston mustaqilligi kurashchisi, mamlakat konstitutsiyasi hammuallifi siymosi aks ettirilgan. Mahatma Gandining sodiq izdoshi boʻlgan Patel ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimini olgan. Oʻsha vaqtda knyazliklari soni 500dan koʻproq boʻlgani uchun ularni bir butun qilib ushlab qolish murakkab ish edi. Biroq Patel Hindistonni qilich va qon bilan emas, balki tinch yoʻl bilan birdamlikka olib kelgan. Haykal Gujaratdagi Kevadiya koloniyasining Narmada daryosi yaqinida joylashgan boʻlib, Vadodara shahridan 100 kilometr janubi-sharqda Sardor Sarovar toʻgʻoniga yuzlashgan holda oʻrnatilgan[2].
Birdamlik Haykali | |
---|---|
Koordinatalari | 21.8380°N 73.7191°E / 21.8380; 73.7191 |
Joylashuv | Narmada Vodiysi Kevadiya, Narmada, Gujarat, Hindiston |
Dizayner | Ram V. Sutar |
Turi | Haykal |
Material | Beton va guruch qoplamasi bilan mustahkamlangan temir karkas, bronza qoplama |
Balandligi | 182 m |
Eni | 250px |
Qurila boshlagan | 31-oktyabr, 2013-yil(2013-10-31) |
Qurilish tamomlangan | 30-oktabr 2018-yil |
Ochilish sanasi | 31-oktabr 2018-yil |
Xarita | |
Koordinatalari | 21°50′16.8″N 73°43′8.8″E{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page |
Loyiha birinchi marta 2010-yilda eʼlon qilingan va haykal qurilishi 2013-yil oktabr oyida Hindistonning "Larsen & Toubro" kompaniyasi tomonidan boshlangan boʻlib, umumiy qurilish qiymati 2700₹ kror (422 million AQSh dollar) tashkil qilgan[3]. U hind haykaltaroshi Ram V. Sutar tomonidan dizaynlashtirilgan va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi orqali 2018-yil 31-oktabrda Patel tavalludining 143 yilligi munosabati bilan ochilgan[4].