Berlin havo ko'rgazmasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Berlin havo koʻrgazmasi rasmiy ravishda ILA qisqartmasi qoʻshilgan holda (inglizcha: ILA Berlin Air Show)-Berlindagi xalqaro havo va aerokosmik koʻrgazma (nemischa: ), dunyoga mashhur koʻrgazmalar qatoriga kiritilgan[1]. Koʻrgazma dunyoning turli mamlakatlarida paydo boʻlayotgan fuqarolik va harbiy aerokosmik texnologiyalarning yangiliklarini namoyish etishga bagʻishlangan. 2002-yildan beri ILA har ikki yilda bir marta oʻtkazilgan. Hozirgi vaqtda ILAning asosiy yoʻnalishlari turli segmentlarni oʻz ichiga olgan. 20-asrning birinchi oʻn yilligida paydo boʻlgan ILA koʻrgazmasi dastlabki bosqichda Germaniyaning uchta shaharlarida Frankfurt Mayn, Berlin va Gannoverda boʻlib oʻtgan[2]. ILA tarixi 1909-yil 10-iyuldan 17-oktabrgacha Frankfurt-na-Maynda boʻlgan. Uch oy davomida ushbu koʻrgazmada har xil turdagi samolyotlar, havo sharlari, havo kemalari, masalan, Zeppelin kompaniyasi[2][3] ishtirok etgаn. Birinchi aviatsiya koʻrgazmasidan uch yil oʻtgach, Berlinda oʻz muvaffaqiyatini mustahkamlashga qaror qilingan. 1912-yil 3-apreldan 14-aprelgacha poytaxt hayvonot bogʻi zalida tomoshabinlar „Umumiy aviatsiya koʻrgazmasi“ ni koʻrishlari mumkin bo'lgаn. Samolyotlar allaqachon havo kemalaridan miqdoriy jihatdan ustunlik qilgan[4]. Birinchi jahon urushi voqealari muntazam aviashou rejalarini buzgan. Keyingi koʻrgazma 1928-yil 7-oktyabrdan 28-oktyabrgacha Berlinda boʻlib oʻtgan. Ikkinchi Jahon urushi[2][3] bilan bogʻliq deyarli 30 yillik tanaffus boʻlgan. Gʻarbiy Germaniya 1955-yilda Parij kelishuvi asosida deyarli toʻliq suverenitetga, shu jumladan havo boʻshligʻiga ega boʻlgan. 1957-yildan 1990-yilgacha Gannoverda, Langenhagen aeroporti hududida Hannover Messe sanoat yarmarkasi doirasida faqat nemis mahsulotlaridan iborat aviashoular boʻlib oʻtgan. 1980-yillarda Gannover aeroportida haddan tashqari yuklanish va boshqa koʻrgazmalar Interkama, CeBIT Hannover Messe sanoat yarmarkasi[2][3] doirasida kengayishi tufayli muammolar paydo boʻlgan.
![]() |
![]() |
![]() | ||
ILA 1909 havo koʻrgazmasi | Berlin havo koʻrgazmasi 1928 yil | ILA 1972 da Tu-144 |
1992-yilda ILA yana Berlinga qaytgаn. Koʻrgazma oʻtkaziladigan joy Berlin-Schönefeld aeroportining maxsus hududlari boʻlgan. Berlin devori qulaganidan beri Yevropani birlashtirish tendentsiyalari kuchaygan va turli mamlakatlarning ILA Berlin havo koʻrgazmasidagi ishtiroki sezilarli darajada oshgan[2][3].