From Wikipedia, the free encyclopedia
Aerostat (aero… va yunoncha states -qoʻzgʻalmas) – havodan yengil uchish apparati. Bunda koʻtarish kuchi zichligi havo zichligidan kam boʻlgan, qobiq (ballon) ichiga toʻldirilgan gaz (vodorod, geliy)dan hosil qilinadi. Dastlabki aerostatni Fransiyada aka-uka Jozef va Eten Mongolfelar 1783-yilda uchirishgan. Boshqariladigan (dirijabllar) hamda boshqarilmaydigan aerostatlar boʻladi. Boshqariladigan aerostatlarga dvigatel hamda havo vintlari oʻrnatiladi. Geliy vodoroddan ogʻirroq boʻlishiga qaramay, aerostatlarning qobigʻi koʻpincha geliy bilan toʻldiriladi, chunki vodorod oson oʻt olib ketishi mumkin. Boshqarilmaydigan aerostatlar oʻz vazifasiga koʻra erkin va bogʻlab qoʻyiladigan aerostatlarga boʻlinadi. Stratostatlar, substratostatlar, havo sharlari erkin aerostatlar boʻlib, ulardan ilmiy tadqiqot ishlarida, bogʻlab qoʻyiladigan aerostatlardan harbiy maqsadlarda, meteorologik tadqiqotlarda foydalaniladi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.