From Wikipedia, the free encyclopedia
Berkemayer, Berkemeyer (nemischa: Berkemeyer ) — bu silindrsimon asosli va konus shaklida piyolasi boʻlgan, vino uchun moʻljallangan stakandir. U 16-17-asrlarda Germaniya va Niderlandiyada keng tarqalgan[1].
Dastlab qayin shoxlaridan oʻyib ishlangan yogʻoch krujkalarni berkemeyerlar deb atashgan (niderlandcha: berkemei). Keyinchalik bu nom shisha idishga berilgan. Ehtimol yogʻli barmoqlardan sirgʻalib ketmasligi uchun malina shaklida ishlangan boʻrtiqlar qayin poʻstlogʻining qoʻpol yuzasini eslatgan boʻlsa kerak[2].
Berkemeyer koʻp jihatidan ryomerga oʻxshaydi. Ushbu turdagi shisha idishlarinig asosiy farqi yuqori qismining tuzilishidadir. Ryomerda u bochka shaklida boʻlsa, Berkemeyerda esa teskari konusni eslatadi[3]. Berkemeyerni Ryomerning oʻtmishdoshi deb hisoblash mumkin: chunki ikkinchisi 16-asrning oxirida paydo boʻlgan, Berkemeyer esa avvaldan ham mavjud edi[4].
Ryomer singari, Berkemeyer ham asosan oʻrmon shishasidan yasalgan. Dastlabki nusxalarda kosa va taglik birgalikda bir butun edi. Keyinchalik, pastki qismi silindr shaklida, yuqori qismi esa konus shakliga ega boʻldi, ular orasidagi chegara aniq bilinib turadi[1].
Bokallar koʻpincha gravirovka yaʼni oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, ular tasvirlar yoki bagʻishlov yozuvlari koʻrinishida boʻlgan. Niderlandiyalik shoira va oʻymakor usta Anna Rumers Wiesscher tomonidan bezatilgan Berkemeyerlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Uning eng sevimli texnikasi olmos bilan teshish deb ataladigan usul edi. U uchiga olmos qadalgan maxsus sterjen yordamida shisha yuzasida mayda nuqta va chiziqchalarni aks ettirardi. Anna Visscher oʻz ishlarini bezashda lotin va yunon tillarida bagʻishlov yozuvlari, sitatalardan tashqari, koʻpincha gullar va hashoratlar tasvirlaridan ham foydalangan[5].
Berkemeyer bokallarini 17-asrda ijod qilgan Gollandiyalik rassomlar (Piter Klas, Villem Klas, Xeda va boshqalar) oʻz natyurmortlarida tasvirlashni yaxshi koʻrardilar. Rang-tasvir, manzara janridagi asarlarda ham, xususan Frans Hals kartinalarida(„Quvnoq hamtovoq“, „Ud chaluvchi Bir stakan sharob bilan“) uchraydi[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.