Ben Bernanke
Amerikalik iqtisodchi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Ben Shalom Bernanke (/bərˈnæŋki/ bər-NANG-kee; 1953-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodchi, 2006-yildan 2014-yilgacha mamlakat Federal rezerv tizimining raisi. Rais sifatidagi faoliyati davomida Bernanke Federal rezerv tizimining 2000-yillar oxiridagi moliyaviy inqirozga chidamliligini oshirgan va buning uchun 2009-yilda „yil kishisi“ deb topilgan[1]. Federal rezerv tizimi raisi boʻlguniga qadar Bernanke Prinston universitetida professor boʻlib ishlagan va 1996-yildan 2002-yil sentyabrigacha iqtisodiyot kafedrasini boshqargan[1]. Bernanke 2022-yilda Duglas Diamond va Philipp Dybvig bilan birgalikda „banklar va moliyaviy inqirozlar boʻyicha tadqiqotlar uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. 5 marta Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli shaxslari roʻyxatiga kiritilgan[1]. Keyinchalik, Brukings institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi[1].
Ben Bernanke | |
---|---|
Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal rezerv tizimi raisi | |
Mansab davri 2006-yil 1-fevraldan – 2014-yil 31-yanvargacha | |
Prezident |
George W. Bush Barack Obama |
Vitse-prezident |
Dick Cheney Al Gore |
Oʻtmishdoshi | Alan Greenspan |
Vorisi | Janet Yellen |
Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiy maslahatchilar kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 2005-yil 21-yanvardan – 2006-yil 31-yanvargacha | |
Prezident |
George W. Bush Barack Obama |
Oʻtmishdoshi | Harvey Rozen |
Vorisi | Edward Lazear |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-dekabr 1953-yil (1953-12-13) (70 yosh) Jorjiya |
Turmush oʻrtogʻi | Ann Bernanke |
Taʼlim |
Princeton universiteti Nyu-York universiteti Stanford universiteti |
Imzosi |
2002-yil 5-avgustdan 2005-yil 21-iyungacha Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. „Bernanke doktrinasi“ni taklif qilgan va birinchi boʻlib „buyuk moderatsiya“ nazariyasini amaliyotga kiritgan. Unda, soʻnggi oʻn yilliklarda jahon iqtisodiyotida roʻy bergan tarkibiy oʻzgarishlar, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligining oshishi, makroiqtisodiy (pul-kredit va fiskal) siyosatning taʼsirini kamaytirish orqali oʻzgaruvchanlikni taʼminlashga erishish ilgari surilgan[2].
Oʻshanda Bernanke Prezident George Bushning iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi boʻlib ishlagan va Prezident Bush uni Alan Greenspan oʻrniga Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal rezerv tizimi raisi lavozimiga nomzod qilib koʻrsatgan[3]. Uning birinchi muddati 2006-yil 1-fevralda boshlangan[4]. Bernanke 2010-yilning 28-yanvarida prezident Barack Obama tomonidan qayta nomzod qilib koʻrsatilganidan soʻng ikkinchi muddatga rais lavozimiga tasdiqlandi. Obama uni „xotirjamlikning timsoli“ deb atadi[5]. Uning ikkinchi muddati 2014-yilning 31-yanvarida tugadi. Oʻrniga Janet Yellen tayinlandi[6].
Bernanke oʻzining 2015-yilgi „The Courage to Act“ (Harakat qilish jasorati) kitobida Federal rezerv tizimi tizimi raisi boʻlgan davri haqida yozgan va unda 2007—2008-yillarda jahon iqtisodiyoti inqirozga yuz tutishga yaqin qolganini ochib bergan. Bernankening taʼkidlashicha, „faqat zaxiraning saʼy-harakatlari (chet el hukumatlari bilan hamkorlik) Buyuk depressiyadan ham kattaroq iqtisodiy falokatning oldini oldi“[7].