Baskervillar iti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Baskervillar iti (inglizcha: The Hound of the Baskervilles) - bu asar Shotlandiyalik taniqli yozuvchi ser Artur Konan Doyl qalamiga mansub boʻlgan Sherlok Xolms haqidagi toʻrtta qissalardan biri hisoblanadi. Birinchi bor bu qissa 1901-yilning avgustidan 1902-yilning apreligacha har oyda bosmadan chiqadigan Strand Magazine nashriyotida chop etilgan.
Asl nomi | inglizcha: The Hound of the Baskervilles |
---|---|
Muallif(lar) | Artur Konan Doyl |
Tarjimon(lar) | (Kitobni rus tilidan) Nasibulla Habbulayev oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[1] |
Til | Ingliz tili |
Qismlar | Sherlok Xolms |
Janr(lar)i | detektiv |
Nashr etilgan sanasi | 1902-yil |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi baʼdiy adabiyot nashriyoti[1] |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1971-yil |
Sahifalar soni | 276 bet |
Avvalgisi | Sherlok Xolms haqida hikoyalar |
Keyingisi | Sherlok Xolmsning qaytishi |
Asarning asosiy mazmuni ser Charlz Baskervillning sirli holatda oʻlim topishidir va Baskervillar oilasining tassavuriga koʻra sirli vodiyda Gʻayritabiy va oʻta Shaytonsifat qoʻrqinchli it barcha Baskervillarni taʼqib etishi oilaviy afsona boʻlib avloddan avlodga oʻtib kelgan. Sherlok Xolms va Dr. Vatson ikkalasi bu ish boʻyicha taftish boshlaydi. Voqealar rivoji 1889-yilning sentabr va oktabr oylarida roʻy beradi.
Qissada Sherlok Xolmsning soʻnggi ishi hikoyasida keltirilgan qahramonning oʻlimidan soʻng ilk marotiba Xolms obrazi yana paydo boʻladi. Qissaning shuxrati shu qadar dong taratishi tufayli ushbu personajning qaytadan tugʻilishiga katta turtki boʻladi.