From Wikipedia, the free encyclopedia
Barqaror rivojlanish maqsadlari | |
---|---|
Kashfiyotchi | BMT |
Shirkat | BMT |
Mamlakat | 193 ta a'zo mamlakatlar |
Mavjudligi | 2015-yil 25-sentabr |
Rasmiy veb-sayti | https://sustainabledevelopment.un.org/sdgs |
Barqaror rivojlanish maqsadlari[1] – bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan global chaqirigʼidir. Barqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq miqdoriy maqsadlar mavjud emas. Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi, yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan. Mamlakatlar ushbu maqsadlarni oʼzining milliy sharoitlariga moslashtirishi, har bir vazifaga tegishli statistik koʼrsatkichlar uchun miqdoriy koʼrsatkichlarni aniqlashi hamda vazifalar va aniq miqdoriy koʼrsatkichlarni milliy strategik hujjatlarda belgilashi kerak.
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Departamentida (UNDESA) Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'limi (DSDG) BRMlar va ular bilan bog'liq tematik masalalar, shu jumladan suv, energetika, iqlim, okeanlar, urbanizatsiya, transport, fan va texnologiyalar uchun moddiy yordam ko'rsatish va salohiyatni oshirish bo'yicha ishlarni ta'minlaydi.
Oʼzbekiston ham 2015 yilning sentabr oyida BMT Sammitida eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy darajada bajarilishi boʼyicha shartlarini qabul qildi va 2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni belgilab oldi[2]. Qaror asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun 16 ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 125 ta vazifalar tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 841-son qarori qabul qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralar belgilandi[3]. Shuningdek, hukumat darajasida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari rahbarligida idoralararo Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi va milliy BRMlarni amalga oshirish uchun tegishli «yoʼl xaritasi» qabul qilindi. BRM koʼrsatkichlari boʼyicha maʼlumotlarni monitoring qilish maqsadida nsdg.stat.uz sayti ishga tushirildi. Ushbu platforma mamlakatdagi BRMga erishishda mavjud vaziyat toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash va umumlashtirish uchun yagona markaz hisoblanadi.
BRMga erishish boʻyicha ishlar 2016-yil 1-yanvardan boshlanishi va 2030-yilning 31-dekabriga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Biroq, ilgari tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida ishlab chiqilgan ayrim vazifalar 2030-yil yakunidan avval ham hal qilinishi kutilmoqda. BRMga erishish quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi deb taxmin qilinadi[4]:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.