Barlos (Barulas, Ballos) — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. XIII asr 2-yarmida Ili daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchishgan. XIV—XV-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Amir Temur barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi Temuriylar va Boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. XIX asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.
Barlos | |
---|---|
Barlos urugʻining vakillaridan biri Amir Temur (Gerasimov tomonidan tiklangan yuz koʻrinishi) | |
Eski nom(lar)i | بارلاس-بورجیگین |
Kelib chiqish uyi | Borjigin |
Asoschisi | Qorachor Barlos |
Hudud | Markaziy Osiyo |
Mashhur vakillari | Amir Temur, Bobur |
Hukmdor unvonlari | amir, xon, podishoh, koʻragon, mirzo, bek, gʻoziy, sulton, shayx |
Hukmronlik davri | 1370—1858 |
Barloslar Kesh (hozirgi Shahrisabz) hududini nazorat qilgan va uning barcha nasl-nasabi shu hudud bilan bogʻlangan[1]. Koʻchmanchi boʻlib qolgan qoʻshni qabilalarning aksariyatidan farqli oʻlaroq, barloslar oʻtroqlashgan qabila edi[2]. Oʻrta Osiyoning tub aholisi bilan keng aloqalar tufayli qabila islom dinini hamda arab va fors tillarining kuchli taʼsirida boʻlgan qarluq tarmogʻiga mansub turkiy chagʻatoy tilini[3] qabul qilgan edi.
Barloslarning bir guruhi Temuriylar va Boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. XIX asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qarluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.
Tarixi
Barloslar haqida Rashididdinning Oltin daftar kitobida, „Moʻgʻullarning maxfiy tarixi“ kitobida baʼzi maʼlumotlar uchraydi. Rashididdining fikricha, barloslar nirun moʻgʻullarning Borjigin urugʻidan tarqalgan. Rashididdinning yozishicha, barlos etnonimi Chingizxon davridan beri mavjud boʻlib, Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoyga 4 000 kishilik qoʻshin ajratganida, ularning koʻpchiligi barlos urugʻidan boʻlgan. Moʻgʻul tilidan tarjima qilinganida barlos soʻzi yoʻgʻon, kuchli deb tarjima qilinadi. Abulgʻozixon fikricha esa, barlos soʻzi sarkarda degan maʼnoni beradi.
Oʻzbek barloslari yuqori maqomga ega edilar. Ular barlos haqida „mardikorga bormas“ (yaʼni, u kunlik ishchi sifatida ishlashga ketmaydi) deb aytishgan. Sariosiyo viloyatining Oʻrta Koʻruk qishlogʻidan boʻlgan eski oʻzbek Barlos Botir boboning aytishicha, barlosni hech kim mardikorllikka undashi mumkin emas va barloslarning oʻzlari bu ishlarda qatnashishni uyatli deb bilishadi[4].
Barlos lahjasi oʻzbek tilining qarluq-chigil shevasiga tegishli boʻlib, koʻplab xususiyatlari bilan oʻzbek tilining shahar lahjalariga yaqin turadi[5].
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.