![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/ca/Barda_city_collage.jpg/640px-Barda_city_collage.jpg&w=640&q=50)
Bardaa
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bardaa (ozarbayjoncha: Bərdə, arabchadan — egar; armancha — Partav) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-yildan). Qorabogʻ tekisligidagi Terter daryosi boʻyida. Yevlax temir yoʻl stansiyasidan 26 km janubda. Yevlax — Agʻdam avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 31,6 ming (1991). Paxta tozalash, yogʻ-sir va temir-beton buyumlari zavodlari, tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Aftidan milodiy 4-asrda ham mavjud boʻlgan. 5-asrda bir muncha vaqt Perozapat (ehtimol sosoniy shohlaridan Peroz yoxud Feruz nomidan olingan boʻlsa kerak) deb atalib Kavkaz Albaniyasining poytaxti boʻlgan. 6-asr oʻrtasida koʻchmanchilarning tez-tez hujumlari natijasida alban katolikoslarining qarorgohi oʻrta asr Chol shahridan Bardaaga koʻchirilgan.
Barda Bərdə | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
40°22′28″N 47°07′36″E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Hukumat | |
Markazi balandligi | 76 m |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjon tili |
Aholisi (2010) |
41 277[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:00 |
Telefon kodi | +994 2020 |
8- asr boshida butun Albaniya kabi Bardaani ham arablar fath qilgan. Hosildor tekislikda, Sharq karvon yoʻllari kesishgan joyda joylashgan Bardaa yirik savdo-hunarmandchilik shahriga aylangan. Bardaaning mudofaa devori, xandaqi, tosh koʻpriklari, timlari boʻlgan. 10-asrda saluriylar, soʻngra shimoldan kelgan ruslar tomonidan egallangan. Harbiy harakatlar natijasida tanazzulga yuz tutgan. 13-asr 1-yarmida moʻgʻullar istilosidan soʻng qishloqqa aylangan. Bardaa shahar harobasi — Ozarbayjondagi hozirgi Bardaa shahridan bir necha km masofada joylashgan. Bardaada naxichevanlik meʼmor Ahmad tomonidan 1322-yil qurilgan gʻishtin maqbara (diametri 10 m, balandligi 14 m) saqlanib qolgan.