Banu Xazraj (arabcha: بنو خزرج) — Islom paygʻambari Muhammad davrida Madinada yashagan yirik arab qabilasi.

Qisqa faktlar Etnik tarkibi, Nisba ...
Banu Xazraj
Etnik tarkibi Arablar
Nisba Xazrajiy
Joylashuv Madina, Hijoz
Al-Xazraj ibn Horisa ibn Salaba ibn Amr ibn Amir ibn Horisa ibn Salaba ibn Mazen ibn al-Azd Azd
Tili Arab tili
Dini Islom: Sunniylik, Shialik
Yopish

Banu Xazraj janubiy arab qahtoniy qabilasi boʻlib, Marib toʻgʻoni vayron boʻlishi natijasida Janubiy Arabistondan siqib chiqarilgan. Ular oʻzlariga qarindosh qabila Banu Avs bilan birga Yasribga (hozirgi Madina) hijrat qilganlar[1][2].

Erta tarixi

Abu Muhammad al-Hasan ibn Ahmad al-Hamdaniy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra Banu Xazraj va Banu Avs qabilalari Yasrib hududiga miloddan avvalgi II asrda Islomgacha boʻlgan davrda Buyuk Marib toʻgʻoni shikastlanishi natijasida Yamandan koʻchib kelishgan.

Biroq boshqa koʻplab manbalar Banu Xazraj va Banu Avs bir-biriga dushman qabilalar boʻlishgan degan fikrga qoʻshiladilar.

Yahudiy yilnomalarida Banu Xazraj va Avs qabilalarining Islom paygʻambari Muhammadning Madinaga hijrat qilishidan bir necha yil oldin Buas jangida bir-birlariga qarshi jangga kirganliklari aytiladi[3].

Madinada uchta yahudiy qabilalari boʻlib, ular Banu Qaynuqo, Banu Nodir va Banu Qurayzalar edi.

Jangda Banu Nodir va Banu Qurayza qabilalari Banu Avs tarafida turib jang qilgan, Banu Qaynuqo esa Banu Xazraj bilan ittifoq tuzgan. Banu Xazraj va Qaynuqolar uzoq va umidsiz kurashdan soʻng magʻlubiyatga uchragan[3].

Quddusdagi Muqaddas qabr cherkovi vasiylari Nusaybalar oilasi Banu Xazraj qabilasi avlodlari hisoblanishadi. Ular Quddusga VII asrda islomiy fath bilan kelishgan.

Hijrat

Banu Avslar Madina konstitutsiyasining 30-31-bandlarida musulmonlarga ittifoqchi sifatida „moʻminlar bilan bir millat (jamoat)“ sifatida qayd etilgan[4][5].

Qabila boshliqlaridan biri Abdulloh ibn Ubay ibn Salul[6] Muhammadga qarshi fitna uyushtirgani aytiladi[7]. Biroq Saʼd ibn Uboda va yana bir qancha Banu Xazraj boshliqlari boshqa koʻplab urugʻlar bilan birgalikda paygʻambarni yaxshi kutib olgani va Banu Avs vakillari bilan birga ansorlar nomini olgani aytiladi.

Harbiy yurishlari

624-yilda Muhammad Kaʼb ibn al-Ashrafni oʻldirishni buyuradi. Ibn Is’hoqning yozishicha, Kaʼb ibn al-Ashraf yahudiy shoir boʻlib, musulmonlarning Badr jangidagi gʻalabasidan keyin Muhammadni qoralab bir qancha sheʼrlar yozgan. Kaʼb ibn al-Ashraf bu gʻalabadan gʻazablanib, musulmonlarga qarshi urush va nafrat uygʻotish uchun Makkaga yoʻl olgan.

Oradan koʻp oʻtmay Kaʼb ibn al-Ashraf Madinaga qaytib kelgan va musulmon ayollar haqida haqoratli sheʼrlar yaratgan. Shu sababli Madinaga qaytganidan keyin Muhammad Banu Avs qabilasiga uni oʻldirishni buyurgan[8][9].

Banu Avs qabilasi vakillari Kaʼb ibn al-Ashrafni oʻldirganidan keyin Banu Xazraj qabilasidan Abdulloh ibn Unays Muhammadning huzuriga borib, Abdulloh ibn Atiyq gʻazotida Sallam ibn Abu al-Huqayqning joniga qasd qilgan shaxsni oʻldirishga ruxsat olgan[10][11][12].

Sallom ibn Abu al-Huqayq (Abu Rofiy) yahudiy boʻlib, musulmonlarga qarshi bir qancha ittifoqchi qoʻshinlariga yordam bergan hamda ularni moliyaviy tarafdan qoʻllab-quvvatlagan. Shuningdek, Muhammadga qarshi masxaraomuz sheʼrlar yozgan[13]. Musulmonlar Banu Qurayza qabilasi bilan masalani hal qilib olganidan keyin Banu Avs qabilasi raqibi hisoblanmish Banu Xazrajlar Kaʼb ibn al-Ashrafning oʻlimi uchun Muhammaddan uning qotilini oʻldirishga izn soʻragan va Muhammad ham bunga rozilik bergan[11].

Qabilaning mashhur vakillari

Yana qarang

Manbalar

Adabiyotlar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.