Balkis Xalilovna Karmisheva (1916—2000) — etnograf, turkolog olima.

Balkis Xalilovna Karmisheva 1916-yil 3-iyulda hozirgi Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayonidagi (Sharqiy Turkiston) Gʻulja shahrida dunyoga kelgan. 1946-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo davlat universitetining arxeologiya kafedrasini tamomladi. Tojikiston tarix institutining arxeologiya va etnografiya boʻlimida 1956-yilgacha ishladi. Keyinchalik Moskva shahridagi Etnografiya institutida ishladi.

Balkis Xalilovna Karmisheva Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari oʻzbeklarining koʻpgina urugʻlari haqida muhim maʼlumotlarni keltirib oʻtgan. Olima Oʻzbekistonning janubiy va markaziy mintaqasida istiqomat qiluvchi oʻzbek urugʻlarini etnik tarixi xususiyatlari borasida oʻzining fikr-mulohazalarini bildirgan[1].

Balkis Xalilovna Karmisheva 2000-yilning oktabr oyida Moskva shahrida vafot etdi.


Adabiyotlar

  • Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. М., 1976

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.