From Wikipedia, the free encyclopedia
Bahrom Abdufottohivich Abdurahimov (ruscha: Абдурахимов Бахром; 11-dekabr 1988-yil, Andijon[1]) – Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. 2024-yildan Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ klubi futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bahrom Abdufottohivich Abdurahimov | ||
Tavallud sanasi | 11-dekabr 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Shahrixon tumani Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 178 cm (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2014 | Andijon | 102 | (12) |
2015—2017 | Nasaf | 86 | (13) |
2018—2019 | Paxtakor | 19 | (1) |
2019 | Metallurg Bekobod | 26 | (2) |
2020 | AGMK | 24 | (2) |
2021 | Navbahor | 7 | (1) |
2021—2023 | Nasaf | 59 | (4) |
2024— | Qoʻqon 1912 | 3 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2017 | Oʻzbekiston | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Bahrom Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi[2]. Katta futboldagi faoliyatini 2007-yilda „Andijon“ futbol klubi tarkibida boshlagan. „Andijon“ jamoasi tarkibida 2014-yilgi mavsum soʻngigacha oʻynagan[3][4] va 8 mavsum davamoida 140 dan oshiq oʻyin oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumda ilk bor faoliyatida boshqa jamoa, Qarshinig „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan[5][6]. Qarshiliklar tarkibidagi dastlabki mavsumidayoq faoliyatidagi ilk sovrin, Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superkubogini yutgan. Qarshi jamoasi tarkibi Oʻzbekiston Superligasi va AFC Osiyo Chempionlar ligasidagi bir necha ishonchli oʻyinlari sababli[7][8] 2018-yili mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safiga oʻtgan[9][10]. Paxtakor jamoasi safida bir mavsum davomida oʻynaganida soʻng[11][12] 2019-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga ijaraga berilgan[13]. 2020-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[14]. Olmaliqlik safida bir mavsum davomida oʻynab[15], Oʻzbekiston Superligasida bronza medallari va Oʻzbekiston Kubogida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. 2021-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtgan[16] ammo jamoasi safidagi raqobat sababli yozgi transfer oynasida Qarshining „Nasaf“ jamoasiga oʻtgan[17][18][19]. 2024-yil yanvar oyida "Qoʻqon 1912" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.