Akkumulyator va elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchi Kompaniya(Brend): From Wikipedia, the free encyclopedia
BYD Co. Ltd. (Xitoycha: 比亚迪股份有限公司) – ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida roʻyxatga olingan Xitoy koʻp tarmoqli ishlab chiqarish kompaniyasi. Bosh qarorgohi Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Shenjen shahrida joylashgan[6]. 1995-yil fevral oyida Van Chuanfu tomonidan asos solingan kompaniyaning BYD Auto va BYD Electronic kabi ikkita yirik shoʻba korxonasi mavjud[7]. BYD kompaniyasi avtomobillar, avtobuslar, elektr velosipedlar, yuk mashinalari, yuk koʻtaruvchi mashinalar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar ishlab chiqaradi[8].
Turi | biznes[1], korxona, ommaviy kompaniya va konglomerat |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Egasi | |
Birja listingi |
SEHK: 1211 SZSE: 002594 |
Qachon asos solingan | fevral1995 |
Hududiy xizmati | Butun dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | Van Chuanfu |
Rahbariyat | Van Chuanfu (Rais, CEO) |
Mahsulot(lar)i | Avtomobillar, avtobuslar, elektr velosipedlar, yuk mashinalari, forkliftlar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar va boshqalar. |
Aylanma daromadi | ▲ RMB 424 milliard(2022)[2] |
Operatsion foydasi | 121 757 004 000[3] |
Boyligi | ▲ RMB 295.78 milliard (2021)[4] |
Sof foydasi | 31 344 070 000[3] |
Ishchilar soni | 288,200 (2021)[4][5] |
Shoʻba korxonalari |
|
Vebsayti | www.byd.com |
BYD avtomobillar (ayniqsa, toʻliq elektr va gibrid avtomobillar, avtobuslar, yuk mashinalari va boshqalar), akkumulyatorli velosipedlar, yuk koʻtaruvchi mashinalar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar (mobil telefon batareyalari, elektr avtomobil akkumulyatorlari va qayta tiklanadigan energiya) ishlab chiqaradagian yirik kompaniyaga aylangan[9].
Kompaniyaga 1995-yil fevral oyida asos solingan va 2002-yil 31-iyul da Gonkong fond birjasida roʻyxatdan oʻtgan, BYD Co Ltd Yaponiya importiga qarshi Xitoy bozoridagi qayta zaryadlanuvchi batareyalar ishlab chiqaruvchi raqobatbardosh zavod sifatida ish boshlagan[10].
2022-yilda BYD dunyodagi eng koʻp elektr transport vositalarini sotish boʻyicha Teslaʼdan oʻzib ketdi[11]. Bu koʻrsatkich 2022-yilning birinchi olti oyida sotilgan 300 000 dan ortiq plaginli gibrid avtomobillarni oʻz ichiga olgan BYD savdo koʻrsatkichlariga asoslanadi.
Kompaniyaning bir qator shoʻba korxonalari bor, jumladan, BYD Auto. Quyida toʻliq boʻlmagan roʻyxat keltirilgan[12].
2023-yil 24-noyabr kuni BYD konveyridan 6 millioningchi elektromobil (NEV) chiqdi[17].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.