BDSM
psixoseksual submadaniyat / From Wikipedia, the free encyclopedia
BDSM — bu qullik, intizom, hukmronlik va boʻysunish, sadomazoxizm va boshqa tegishli shaxslararo dinamikani oʻz ichiga olgan, turli xil erotik amaliyotlar yoki rol oʻyinlari jamlanmasidir. Baʼzi insonlar oʻzlarini BDSM bilan shugʻullanmaydigan deb hisoblashlarini hamda odamlar tomonidan shugʻullanishi mumkin boʻlgan keng koʻlamli amaliyotlarni hisobga olsak, BDSM hamjamiyatiga yoki submadaniyatiga qoʻshilish koʻpincha oʻz-oʻzini aniqlash va umumiy tajribaga bogʻliq deya taʼkidlanadi.
Ko'rinish | |
---|---|
B&D, B/D, or BD | Bondaj va Intizom |
D&s, D/s, or Ds | Hukmronlik va bo'ysunish |
S&M, S/M, or SM | Sadizm va masochizm |
Rollar | |
Yuqori/dominant | jarayonni amalga oshiradigan yoki nazorat qiluvchi sherik |
Pastki/bo'ysunuvchi | qabul qiluvchi yoki nazorat qilinadigan sherik |
Almashinuv | Rollar o'rtasida o'rin almashinuv |
BDSM atamasi birinchi marta 1991-yilda Usenet postida qayd etilgan[1] va B/D (qullik va intizom), D/s (hukmronlik va boʻysunish) va S/M (sadizm va masochism) qisqartmalarining birikmasi sifatida talqin qilingan. Endilikda BDSM keng koʻlamli faoliyatni, shaxslararo munosabatlar shakllarini va alohida submadaniyatlarni qamrab oluvchi ibora sifatida ishlatilinadi. BDSM bilan shugʻullanuvchi shaxslar odatda oʻzini jamiyatdagi meʼyoriy boʻlmagan har qanday odamni qabul qiladi. Bularga cross-dresserlar, tanani oʻzgartirish ixlosmandlari, hayvonlarning rollarini oʻynovchilar, fetishistlar va boshqalar kiradi.
BDSMdagi faoliyat va munosabatlar koʻpincha ishtirokchilar bir-birini toʻldiruvchi va kuchlar tengsizligini oʻz ichiga oluvchi rollarni oʻz zimmalariga olishlari bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ikkala sherikning ham xabardor roziligi gʻoyasi juda muhimdir. Bu rollarni ajratish uchun koʻpincha boʻysunuvchi va dominant atamalaridan foydalaniladi hamda dominant sherik („dom“) boʻysunuvchi („sub“) ustidan psixologik nazoratni qoʻlga oladi. Ushbu terminlar oʻrniga yuqori va pastki atamalari ham qoʻllanilad. Yuqori (top) shaxs harakatning qoʻzgʻatuvchisi, pastki (bottom) esa harakatning qabul qiluvchisi. Ikki atama toʻplami bir-biridan juda farq qiladi. Masalan, kimdir boshqa odam uchun past rol oʻynashni tanlashi mumkin (masalan, qamchilash orqali) Oʻyin-kulgi atamasi psixologik jihatdan hukmronlik qilish degan maʼnoni anglatmaydi va ushbu atama ifodasi sifatida boʻysunuvchilarga oʻzlarining dominantlarini massaj qilish buyurilishi ham mumkin.
Sub va dom qisqartmalari tez-tez boʻysunuvchi va dominant oʻrniga ishlatiladi. Baʼzida ayolga xos boʻlgan mistress, domme va dominatrix atamalari dominant ayolni tasvirlash uchun ishlatiladi, baʼzan esa gender-neytral dom atamasi oʻrniga qoʻllanilishi mumkin. Yuqori/dominant va pastki/boʻysunuvchi rollar oʻrtasida oʻzgargan shaxslar — munosabatlardan munosabatlarga yoki maʼlum munosabatlar doirasida keskin oʻrgarishni yuzaga keltirib chiqaradi. Rollarning aniq taʼrifi va oʻzini oʻzi identifikatsiya qilish BDSM ishtirokchilari oʻrtasida keng tarqalgan munozara mavzusidir[2].