![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/BAIC_Group_headquarters_%252820200402091503%2529.jpg/640px-BAIC_Group_headquarters_%252820200402091503%2529.jpg&w=640&q=50)
BAIC Group
From Wikipedia, the free encyclopedia
BAIC Group (rasmiy ravishda Beijing Automotive Industry Holding Co., Ltd) — Xitoyning davlat korxonasi va Pekinda (Xitoy) joylashgan bir nechta avtomobil va mashinasozlik ishlab chiqaruvchilarining xolding kompaniyasi.
Fayl:BAIC Group Logo.png | |
![]() | |
Turi | davlat korporatsiyasi |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik sanoati |
Qachon asos solingan | 1988, 32 yil ilgari |
Joylashuvi | location |
Rahbariyat | Xu Heyi, rais |
Mahsulot(lar)i | yengil va tijorat avtomobillari |
Aylanma daromadi | 480,738,070,000 xitoy yuani (2018) |
Ishchilar soni | 130 000 |
Vebsayti | baicgroup.com.cn |
Uning asosiy boʻlinmalari orasida yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi — BAIC Motor; harbiy transport va krossoverlar ishlab chiqaruvchisi — BAW; va yuk mashinalari, avtobuslar va qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi - Foton Motor. BAIC, shuningdek, Hyundai va Mercedes rusumli mashinalarni Pekin Hyundai va Beijing Benz qoʻshma korxonalari (BAIC Motor) orqali Xitoy bozoriga sotish uchun ishlab chiqaradi.
U tez-tez xajmi boʻyicha Xitoyning beshinchi yoki toʻrtinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi qatoriga kiradi va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yengil avtomobillarni ishlab chiqarish boʻyicha qator qoʻshma korxonalarga ega. Biroq, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning salmoqli qismi qishloq xoʻjaligi, tijorat va harbiy texnikalardir.
2014-yilda 2,25 million dona avtomobil ishlab chiqarilishi BAICni ichki raqobatchilar orasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi, lekin u tijorat transport vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.[1]