![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7f/Australia_Stadium.jpg/640px-Australia_Stadium.jpg&w=640&q=50)
Avstraliya stadioni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliya Stadioni (ingl. Stadium Australia) - Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. 1996-yilda Yozgi Olimpiada Oʻyinlari uchun qurilgan. Hozirda 83.500 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Stadionning sobiq nomi Telstra stadioni edi, keyin homiylik sabablarga koʻra nomi oʻzgarib, ANZ stadioni yoki Avstraliya stadioni deb atala boshlandi, koʻp maqsadli stadion. Stadion qurilishiga 690 milion Avstraliya dollari miqdorida mablagʻ sarflangan, New South Wales regbi klubining uy stadioni hisoblanadi. Futbol klublaridan Sydney FC futbol klubining uy stadioni hamdir. 2003-yili regbi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan, har yili milliy regbi ligasining grand finallari mana shu stadionda boʻlib oʻtadi.
Olimpiya stadioni, Homebush stadioni | |
---|---|
![]() | |
Sobiq nom(lar)i | Telstra stadioni (2002–2007) |
Joyi | Sidney, Avstraliya |
Koordinatalari | 33°50′50″S 151°3′48″E |
Asos solingan | Sentabr 1996 |
Qachon ochilgan | 6-mart 1999 |
Egasi | Avstraliya stadioni guruhi |
Operator | Avstraliya stadioni guruhi |
Yuzasi | Chim |
Inshoot narxi | A$ 690 million [1] |
Meʼmor | Populous |
Hajmi |
82,500 (Oval) 84,000 (Toʻrtburchak) 110,000 (Yozgi olimpiada oʻyinlari 2000) |
Maydon oʻlchami | 170m x 128m (Oval) |
Maydon egalari | |
Yozgi olimpiada oʻyinlari 2000 New South Wales Blues (regbi) (1999–hozir) Canterbury-Bankstown Bulldogs (regbi)(1999–hozir) Sydney Swans (futbol) (2002–hozir) South Sydney Rabbitohs (regbi) (2006–hozir) New South Wales Waratahs (Super regbi) (2009–hozir) St George Illawarra Dragons (regbi) (2008, 2014-hozir) New South Wales Blues (kriket) Sydney Thunder (Katta Bash ligasi) (2012-hozir) GWS Giants (futbol) (2012–2013) AFC Osiyo kubogi 2015 Wests Tigers (regbi) (2005-2008, 2014-hozir) | |
Vebsayt | |
www.anzstadium.com.au |
Stadion dastlab 110,000 kishiga moʻljallanib dunyodagi eng katta olimpiya stadioni, hamda, Avstraliyaning eng ulkan stadioni boʻladi. 2003-yilgi qayta tamirdan keyin stadionning shimoliy va janubiy qanotlari qisqartiriladi, koʻchiriluvchi oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Bu oʻzgartirishlar natijasida stadionning toʻrtburchak maydoniga 83,500 va oval maydoniga 82,500 oʻrindiq ketadigan boʻldi va Avstraliyaning ikkinchi eng katta (Melbourne Cricket Ground maydonidan keyin) stadioniga aylandi.[2]