From Wikipedia, the free encyclopedia
Avitaminoz (yuncha – inkor qoʻshimchasi va vitaminlar) – organizmda vitaminlar yetishmasligi natijasida paydo boʻladigan kasallik. Masalan, vitamin C yetishmasligi lavsha (singa), vitamin B, yetishmasligi beri beri, vitamin D yetishmasligi raxit, vitamin RR yetishmasligi pellagra kasalligiga sabab boʻladi. Homiladorlikda, koʻpincha tuqqandan keyin roʻy beradigan chillashir kasalligi ham avitaminoz natijasidir. Bitta vitamin yetishmasa, mono, koʻp vitamin yetishmasa, poli kelib chiqadi. Birinchi marta 1880-yilda rus vrachi N. I. Lunin avitaminozni tajriba yoʻli bilan hosil qilgan. Avitaminozning oldini olish uchun vitaminga boy sabzavot va mevalarni koʻproq isteʼmol qilish, vitaminli masalliqlarni yaxshi saqlash, ovqat pishirganda vitaminlarning parchalanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Davosi: vitaminga boy taomlar buyuriladi yoki organizmda qaysi vitamin yetishmasa, oʻsha vitamin preparatlari beriladi. Avitaminoz hayvonlarda ham uchraydi. Bunday hayvon koʻpincha qisir qoladi yoki bola tashlaydi. Yangi tugʻilgan bolasi yaxshi oʻsmaydi, hatto tez kunda nobud boʻladi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlarni, ayniqsa yosh hayvon va parrandalarni servitamin ozuqalar bilan boqish kerak[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.