Isroillik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Avi Wigderson (ivritcha: אבי ויגדרזון) (talaffuzi: Avi Vigderzon); 9-sentyabr 1956-yilda tugʻilgan[1]) – Isroillik matematik va kompyuter injeneri. Wigderson Princetondagi Ilgʻor tadqiqotlar instituti matematika maktabining Herbert H. Maass professoridir[2]. Uning ilmiy qiziqishlari murakkablik nazariyasi, parallel algoritmlar, grafiklar nazariyasi, kriptografiya, taqsimlangan hisoblash va neyron tarmoqlardan iborat. Wigderson 2021-yilda nazariy informatika sohasidagi ishlari uchun Abel mukofoti bilan taqdirlangan[3].
Avi Wigderson | |
---|---|
Tavalludi |
9-sentyabr 1956-yil Hayfa, Isroil |
Fuqaroligi | Isroil va AQSh |
Sohasi |
Informatika Matematika |
Ish joylari | Malaka oshirish instituti |
Akademik rahbarlari | Richard Lipton |
Mashhur shogirdlari |
Dorit Aharonov Ran Raz |
Mashhur ishlari | Zig-zag mahsuloti |
Mukofotlari |
Nevanlinna mukofoti (1994) Gödel mukofoti (2009) Knuth mukofoti (2019) Abel mukofoti (2021) |
Avi Wigderzon 1956-yilda Isroilning Hayfa shahrida tugʻilgan[4]. 1980-yilda Technionda bakalavriat bosqichini tamomlagach, AQShda joylashgan Princeton universitetiga aspiranturada oʻqish uchun borgan. Wigderzon 1983-yilda Richard Lipton rahbarligida „Hisoblash murakkabligi boʻyicha tadqiqotlar“ nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganidan soʻng, kompyuter fanlari boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[5].
Wigderzon Berkeleydagi Californiya universitetida, San Jose, Kaliforniya tadqiqot markazida va matematika fanlari tadqiqot institutida qisqa vaqt ishlagandan soʻng, 1986-yilda Quddus yahudiy universitetiga toʻliq ishga joylashgan.
U 1999-yilda AQShdagi Ilgʻor tadqiqotlar institutiga ishga joylashgan. 2003-yilda esa Quddus yahudiy universitetida toʻliq kunlik asosda ishlashdan bosh tortgan[6].
Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining, 2013-yilda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM ilmiy xodimi etib tayinlangan.
1994-yil Wigderson „hisoblash murakkabligi nazariyasi“ uchun Nevanlinna mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2009-yil Omer Reingold va Salil Vadhan bilan birga grafiklarning zig-zag mahsuloti ustida ishlagani uchun Gödel mukofotini qoʻlga kiritgan[8]. Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan[9]. 2013-yilda Milliy fanlar akademiyasiga saylangan[10]. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM Fellow aʼzosi boʻlgan[11]. 2019-yilda Wigderson „tasodifiylashtirilgan hisoblash, kriptografiya, sxema murakkabligi, isbot murakkabligi, parallel hisoblash va asosiy grafik xususiyatlarini tushunish kabi sohalarda informatika asoslariga qoʻshgan hissasi uchun“ Knuth mukofotiga sazovor boʻlgan[12].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.