Ashari mubashshara
From Wikipedia, the free encyclopedia
Al-Ashara al-Mubashshirun bil-Janna (arabcha: - "Asharai mubashshara" iborasi "bashorat qilingan o‘nlik" degan ma’noni bildiradi. Hayotliklaridayoq jannatiy bo‘lishlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mujda bergan o‘n nafar ulug‘ sahobiy shu nom bilan atalgan. Bular- Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf, Sa’id ibn Zayd, Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhumdir. Ahli sunna val jamoa aqidasiga ko‘ra, Asharai mubashsharani tasdiq etish shart. Ushbu kitob ana shu o‘n nafar ulug‘ sahobiyning hayot yo‘llari va fazilatlari haqida so‘zlaydi[1]. Ashari Mubashshara sunniy musulmonlar tomonidan tan olingan va shia musulmonlar tomonidan rad etilgan.