Arkansas universiteti
From Wikipedia, the free encyclopedia
{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page
Arkansas universiteti[1] | |
---|---|
Shiori | Haqiqat bilan olg'a borish |
Asos solingan | 1871-yil 27-mart |
Oʻquv yurti turi | davlat universiteti |
Yoʻnalish | tadqiqot |
Prezident | Terry Martin (vaqtinchalik) |
Rektori | Charles Robinson(vaqtinchalik) |
Talabalari | 30,936 (2022-yil kuzgi semestr)[2] |
Bakalavriat | 26,485[2] |
Magistratura | 4,451[2] |
Aspirantura | 383[2] (Law) |
Akademiklar | 1,353[3] ta |
Kampusi | Shaharda |
Manzili | 36°04′07″N 94°10′34″W G O Fayetteville, AQSh |
Vebsayti | uark.edu |
Arkansas universiteti (UArk yoki UA) Arkansas shtatining Fayetteville shahridagi davlat yer granti tadqiqot universitetidir[4].Arkansas universiteti Arkansas universitetlari tizimining flagman kampusi va shtatdagi eng yirik universitet hisoblanadi[5]. Universitet dastlab 1871-yilda Arkansas Industrial universiteti sifatida tashkil etilgan.Universitetda darslar birinchi marta 1872-yil 22-yanvarda boʻlib oʻtgan. Universitetning hozirgi nomi 1899-yilda qabul qilingan.
Universitet kampusi 512 akr maydonni egallaydi.Kampusda 378 ta bino mavjud. Universitet kampusi Arkansas shtatining Fayetteville shahrida joylashgan. Universitetda 200 dan ortiq akademik dasturlar mavjud[6]. 2019-yil kuz semestriga roʻyxatga olish soni 27 559 tani tashkil etdi[7]. Talabalarning professor-oʻqituvchilarga nisbati taxminan 19:1 ni tashkil qiladi. Universitet „R1: Doktorantura universitetlari — Juda yuqori tadqiqot faoliyati“ qatoriga kiritilgan va 2018-yilda universitet jami xarajatlari $175,5 millionni tashkil etgan[8][9][10].