Aralash jang sanʼati
From Wikipedia, the free encyclopedia
MMA („aralash jang sanʼati“ yoki "aralash yakkakurash"), turli jang saʼnati texnikalarini oʻz ichiga umumlashtirgan sport turi hisoblanadi. Boshqa jang sanʼatlaridan farqli oʻlaroq, MMAda jang qoidalari qoʻl va oyoq zarbalari, kurash va ogʻritish usularini oʻz ichiga oladi. MMAda janglar odatda 3-5 raundlar orasida 1 daqiqa tanaffus bilan, va har bir raund 5 daqiqa davom etadi. MMA atamasi ilk bor aralash sport turlari hakami, sobiq politsiya hodimi boʻlgan Jon Makkarti tomonidan qoʻllanilgan[1] va keyinchalik UFC, PRIDE va boshqa MMA tashkilotlari tomonidan qoʻllanish boshlangan.