![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/Arabic-script_28.png/640px-Arabic-script_28.png&w=640&q=50)
Arab tili yozuvi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Arab yozuvi - Arab davlatlari, Osiyo va Afrikaning bir qancha boshqa tillari uchun ishlatiladigan yozuv tizimidir. U foydalanadigan mamlakatlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi eng koʻp qoʻllaniladigan yozuv tizimi boʻlib, foydalanuvchilar soni boʻyicha esa (lotin va xitoy yozuvlaridan keyin) uchinchi oʻrinda hisoblanadi[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/Arabic-script_28.png/640px-Arabic-script_28.png)
Bu yozuv dastlab arab tilida matn yozish uchun ishlatilgan, ayniqsa Islomning muqaddas kitobi Qur’on shu tilda nozil boʻlgan. Dinning tarqalishi bilan u koʻplab til oilalari uchun asosiy yozuv sifatida qoʻllanila boshlandi, bu esa yangi harflar va boshqa belgilarning bu til alifbosiga qoʻshilishiga olib keldi. Hali ham uni ishlatadigan tillar quyidagilar hisoblanadi: fors, malay, uygʻur, kurd, panjob, pushtu, urdu, kashmir boshqalar[2]. 16-asrgacha bu yozuv baʼzi ispancha matnlar uchun asos boʻlib ham xizmat qilgan. 1928-yildagi til islohotidan oldin turk tilining yozuv tizimi hisoblangan[3].
Ushbu yozuv oʻngdan chapga qiya uslubda yozilgan boʻlib, unda koʻpchilik harflar alohida turishiga, keyingi yoki oldingi harfga qoʻshilishiga qarab bir oz boshqacha shakllarda yoziladi. Biroq, asosiy harf shakli oʻzgarishsiz qoladi. Yozuvda katta harflar mavjud emas[4]. Aksariyat hollarda harflar undoshlar va bir nechta unlilarni oʻz ichiga oladi, shuning uchun koʻpchilik arab alifbolari abjadlar boʻlib, sorani, uygʻur, mandarin va serb-xorvat kabi baʼzi tillar uchun ishlatiladigan alifbo hisoblanadi. Bu arab xattotligi anʼanasi uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.