From Wikipedia, the free encyclopedia
Aqtau — (qozoqcha: Ақтау) Qozogʻistonning janubi-gʻarbida joylashgan shahar, Mangʻistau viloyatining markazi. Shaharda dengiz va havo porti mavjud. Aqtau shahri 1964-yildan 1991-yilgacha ukrain shoiri Taras Shevchenkoning hurmatiga Shevchenko deb atalgan.
Aqtau qoz. Ақтау | |
---|---|
shahar | |
43°39′0″N 51°09′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Mangʻistau viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Khamzin Zakir Ildusovich |
Asos solingan | 1961 |
Ilk eslatilishi | 1961 |
Avvalgi nomlari | Aktauskiy, Aktau, Shevchenko, Gurev-20 |
Maydon | 165,642 km2 (63,955 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
181,905[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 70,07 % ruslar 20,57 % ozarbayjonlar 2,55 % ukrainlar 1,14 % tatarlar 0,83 % boshqalari 3,87 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 7292[2] |
Pochta indeks(lar)i | 130000[3] |
Avtomobil kodi | R, 12 |
|
Shahar Kaspiy dengizining sharq qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning janubi-sharqida 40 km uzoqlikda Qaraqiya tekisligi bor. Hududi tekis va asosan korrozik va deflyatsik harakatlardan iborat. Sovet Ittifoqining tadqiqotlariga koʻra: Yevropa va Osiyoning chegarasi Mugʻaljardan boshlanib, Embi dayosi boʻylab Kaspiy dengizigacha. 1950-yillargacha Qozogʻiston hududi Yevropa chegarasi Yoyiq daryosining yoqasi bilan chegaradosh edi[4]. 2010-yilning aprel may oylarida rus geografik jamoatining ekspeditsiyasi Yevropa chegarasini Mugʻaljar orqali, Kaspiy qirgʻogʻi tekisligidan oʻtishi kerak degan hulosaga keldilar. Yevropa chegarasi hozirgidan bir necha barovar janubgacha choʻziladi. Hozirgi kunda rus geografik jamoati olimlar hamjamiyatining fikri Xalqaro geografik ittifoqning tasdiqlashiga erisha olmadi. Demak, agar Xalqaro geografik jamoat rus geografik jamoatining hulosasini tasdiqlasa, Mangʻistau viloyatining bir qismi Yevropada joylashgan boʻladi.
Aqtauda temir yoʻl vokzali yoʻq. Poezdlar Mangʻishlaq stansiyasiga kelib toʻxtaydi. Shahar va stansiya orasida № 101 avtobusi bilan taksilar qatnaydi, masofasi — 20 km. Aqtau porti Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan. Aqtau turli xalqaro yuklarni, neft va neft mahsulotlarini tashishga moslangan Qozogʻistondagi yagona port boʻlib hisoblanadi.
Millat | Aholi soni 1.01.2012[5] | Foiz % |
---|---|---|
Qozoqlar | 126 377 | 70,07 |
Ruslar | 37 102 | 20,57 |
Ozarbayjonlar | 4 596 | 2,55 |
Ukrainlar | 2 051 | 1,14 |
Lezginlar | 1 753 | 0,97 |
Tatarlar | 1 495 | 0,83 |
Armanlar | 1 025 | 0,57 |
Oʻzbeklar | 852 | 0,47 |
Koreyslar | 680 | 0,38 |
Chechenlar | 598 | 0,33 |
Gurjinlar | 343 | 0,19 |
Qirgʻizlar | 295 | 0,16 |
Olmonlar | 288 | 0,16 |
Qoraqalpoqlar | 277 | 0,15 |
Beloruslar | 247 | 0,14 |
Udinlar | 203 | 0,11 |
Osetinlar | 183 | 0,10 |
boshqalar | 1 995 | 1,11 |
Jami: | 180 360 | 100,00 |
Aqtauda Abay nomidagi madaniyat uyi, N. Jantoʻrin nomidagi drama teatri, koʻplab kinoteatrlar, yungi klublar bor. Dengiz qirgʻogʻida turli oʻyingohlar, sport va madaniy komplekslar, hordiq chiqarish parklari mavjud.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.